Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Andijonning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar J.T. va J.S. fuqaro A.ga 994 dona «Lirika» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanishib, tadbir yakunida umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.I. boshqa bir fuqaro A.ga 240 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 21,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251−1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.