Jamiyat

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi
4 dekabr 2022, 15:35

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiyda anomal sovuq havo kuzatilmoqda
4 dekabr 2022, 11:58

Navoiyda anomal sovuq havo kuzatilmoqda

O‘zgidromet Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal sovuq havo kuzatilayotganini ma’lum qildi. Xususan, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 daraja, Shimoliy Qizilqum hududlarida esa −20…−23 daraja sovuq harorat qayd etildi.

Qashqadaryoda yupun kiyingan o‘quvchi qizlar kechki tadbirga jalb qilindi
4 dekabr 2022, 11:18

Qashqadaryoda yupun kiyingan o‘quvchi qizlar kechki tadbirga jalb qilindi

Shahrisabzda o‘quvchi qizlar yupun kiyingan holda hokimiyatning kechki tadbiriga jalb qilindi. XTV holatni hududdagi har bir mutasaddining aybi deya hisobladi. Shahar hokimligi esa qizlar ota-onalarning taklifi bilan tadbirda raqs tushganini bildirib, bu ularga «achchiq saboq bo‘lganini» ma’lum qildi.

“Aloqabankning” yangilangan Zoomrad mobil ilovasi: yuklab olish uchun kamida 4 ta sabab
4 dekabr 2022, 11:00 1

“Aloqabankning” yangilangan Zoomrad mobil ilovasi: yuklab olish uchun kamida 4 ta sabab

“Aloqabankning” Zoomrad ilovasida siz depozitsiz va komissiyasiz Visa va Humo virtual kartalarini ochishingiz, xaridlar va xizmatlar uchun pul o‘tkazishingiz mumkin.

Tadbirkorni so‘kkan Yangi Namangan hokimiga hayfsan berildi
4 dekabr 2022, 10:09

Tadbirkorni so‘kkan Yangi Namangan hokimiga hayfsan berildi

Tarmoqlarda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.

Angrenda sobiq hokim yordamchisi o‘zini otib o‘ldirdi
4 dekabr 2022, 09:59

Angrenda sobiq hokim yordamchisi o‘zini otib o‘ldirdi

Toshkent viloyati Angren shahrida sobiq hokim yordamchisi ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. 4 farzandi bo‘lgan marhum oxirgi paytlarda otasining vafoti tufayli tushkun kayfiyatda yurgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

U o‘z hayotini qurbon qilish evaziga ayolning hayotini saqlab qolgan — IIBB o‘ldirib ketilgan IIO inspektori haqida
3 dekabr 2022, 18:51

U o‘z hayotini qurbon qilish evaziga ayolning hayotini saqlab qolgan — IIBB o‘ldirib ketilgan IIO inspektori haqida

Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi a’zolariga Cobalt avtomobillari berildi
3 dekabr 2022, 16:05

O‘zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi a’zolariga Cobalt avtomobillari berildi

Oktabrda amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida 3-o‘rinni olgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi. Avvalroq jamoa a’zolari 3-o‘rin uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganiga norozilik bildirgandi.

Tajimuratov miting o‘tkazishga da’vat qilguniga qadar nimalar bo‘lgani haqida gapirib berdi
3 dekabr 2022, 14:51

Tajimuratov miting o‘tkazishga da’vat qilguniga qadar nimalar bo‘lgani haqida gapirib berdi

Dauletmurat Tajimuratov suddagi ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston deputatlari nima uchun suverenitetdan voz kechish haqida qaror qabul qilganini aniqlashga qanday uringani va miting o‘tkazishga qanday chorlagani haqida gapirib berdi.

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi
3 dekabr 2022, 12:39

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi

Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.

«Tashabbuskorlikdan tizimli yondashuv tomon». Munir Mamedzade — nogironligi bo‘lgan bolalar hayotini o‘zgartirish haqida
3 dekabr 2022, 12:18

«Tashabbuskorlikdan tizimli yondashuv tomon». Munir Mamedzade — nogironligi bo‘lgan bolalar hayotini o‘zgartirish haqida

Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade o‘z maqolasida nogironligi bo‘lganlarga nisbatan xayriya ko‘rinishidagi yondashuvlardan voz kechib, inson huquqlarini asosiy o‘ringa qo‘yadigan huquqiy yondashuvga o‘tishga chaqirdi.

Bir kunda yana 156 kishida kovid aniqlandi
3 dekabr 2022, 10:22

Bir kunda yana 156 kishida kovid aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 156 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (oldingi kun — 159 kishi). Eng ko‘p bemor poytaxtda aniqlandi — 82 nafar. Toshkent viloyatida esa — 15 kishi, Samarqandda — 14 kishi kovidga chalingani ma’lum bo‘di.

Nima tayyorlaymiz: Shirin piroglar
3 dekabr 2022, 10:07

Nima tayyorlaymiz: Shirin piroglar

Jemli, apelsinli o‘rama pirog, qahvali hamda murabbo solib pishirilgan xamirturushli pirog, yong‘oq-mayizli yoki olma-sitrus mevali pirog va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy piroglar ro‘yxatini taqdim etadi.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist va bloger Qobil Xidirov tavsiya qiladi
3 dekabr 2022, 09:40

Nima o‘qiymiz? Jurnalist va bloger Qobil Xidirov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.

2 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 dekabr 2022, 22:00

2 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealarida ayblanayotganlarning sudini kuzatayotgan Yevropa Ittifoqi, Samarqandda uydan topilgan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi, talabalarga poyezd chiptalari uchun 50% chegirma, O‘zbekistonda AES loyihasini tezlashtirishga chaqirgan Rossiya bosh vaziri va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Tajimuratov va boshqa sudlanuvchilar bir-biriga qarshi savollar bermoqda — huquq faoli
2 dekabr 2022, 21:15

Tajimuratov va boshqa sudlanuvchilar bir-biriga qarshi savollar bermoqda — huquq faoli

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot vakili Gulnoz Mamarasulova Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni haqida fikr bildirdi. Tajimuratov boshqa sudlanuvchilarning ayblarini tasdiqlaydigan, ularga qarshi ishlovchi savollarni bermoqda, unga nisbatan ham ayni shunday harakat qo‘llanilmoqda, dedi u.

O‘zbekistonda «omikron»ning VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylandi
2 dekabr 2022, 20:19

O‘zbekistonda «omikron»ning VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylandi

O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi, deya ma’lum qildi SSV. Uning inkubatsiya davri qisqaroq — 2−3 kun. Alomatlari — tomoq og‘rig‘i, isitma, kuchli bosh va mushaklar og‘rig‘i, kon’yunktivit, tonzillit va otit.

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: o‘rtacha toshkentlik o‘rtacha farg‘onalikdan salkam uch karra boyroq
2 dekabr 2022, 19:29

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: o‘rtacha toshkentlik o‘rtacha farg‘onalikdan salkam uch karra boyroq

Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.

Samarqandda uydan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi
2 dekabr 2022, 16:53

Samarqandda uydan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda
2 dekabr 2022, 15:46

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda. Ularning o‘rniga chegarani mustahkamlash maqsadida to‘siqlar, chegara yo‘llari, ko‘priklar, muhandislik inshootlari va boshqa obyektlar quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting