Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal darajada sovuqlik kuzatilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zgidromet markazi matbuot xizmati.

Shimoliy hududlarda joylashgan meteorologik stansiyalarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 darajada sovuq harorat kuzatilmoqda.

Shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasi -20 darajali sovuqlikni, tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi esa -23 darajali sovuqlikni qayd etdi.

Avvalroq 1 dekabrdan O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi va u keyingi kunlarda respublikaning barcha hududlariga tarqalishi xabar qilingandi.