Zoomrad ilovasi 2 yil avval banklarning mobil dasturlari bozorida paydo bo‘lgan edi. Ilova o‘zbekistonliklarning e’tiborini mobil to‘lov tizimi va onlayn-banking tizimi imkoniyatlarini o‘zida jamlaganligi bilan qozona oldi.

Bugungi kunda Zoomrad ilovasidan 700 ming nafardan ortiq kishi foydalanib kelmoqda. Barcha kerakli funksiyalarga ega yoqimli va tushunarli interfeys — bunday muvaffaqiyatning asosiy sababidir.

2022 yil boshida joriy etilgan Face-ID yordamida tezkor identifikatsiya tizimidan o‘tgan foydalanuvchilarga onlayn-omonat ochish va ilovaning o‘zida kredit rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etildi.

2022 yil 14 noyabr kuni ishga tushirilgan Zoomrad ilovasining yangilangan versiyasida foydalanuvchilar uchun yanada kengroq imkoniyatlar taqdim etildi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasi yanada kengaytirildi.


Endilikda Visa va Humo virtual kartalarini ilovaning o‘zida rasmiylashtirish, buning natijasida, foydalanuvchilar onlayn to‘lovlarni amalga oshirishi va turli saytlardagi mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni komissiyasiz amalga oshirishi mumkin.

Visa virtual kartasi — tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni depozit hamda komissiyasiz amalga oshirish imkonini beradi. 3D-secure xizmati bilan har qanday xaridingiz oson va xavfsiz amalga oshiriladi.

Humo virtual kartasi — P2P amaliyotlarni va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, kontaktsiz to‘lov funksiyasidan foydalanish imkonini beradi.


Yangilangan “Mening uyim” bo‘limi kommunal xizmatlar, internet, telefon, issiqlik energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Bo‘limning asosiy sahifasida joriy balansingizni kuzatishingiz, to‘lovlarni amalga oshirishingiz, “Avtomatik to‘lov” va “Bildirishnoma” xizmatlarini sozlashingiz mumkin. Shuningdek, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlasangiz, amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan barcha to‘lovlar avtomatik tarzda bo‘limga qo‘shiladi.


Endilikda Zoomrad ilovasining foydalanuvchilari o‘z “Aloqabankda” ochilgan Visa va Humo kartalariga PIN-kod o‘rnatish uchun bank filialiga borishi shart emas.

Agar kartangiz PIN-kodi uch marta noto‘g‘ri kiritilgani sababli bloklanib qolsa, uni ilovaning o‘zida qayta ishga tushurishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun “SMS-xabarnoma” xizmati faollashtirilgan bo‘lishi lozim.


Zoomrad ilovasi yordamida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari shartnoma to‘lovini oson, tez va asosiysi, hech qanday komissiyalarsiz amalga oshirish mumkin.

“OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlab, talabaning JSHSHIR (PINFL) raqamini kiritsangiz, ilovaning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma bo‘yicha qarzdorlik haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topib beradi.

Zoomrad mobil ilovasida kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari uchun (P2P) komissiya Uzcard to‘lov tizimida bor-yo‘g‘i 0,5% ni tashkil etadi, Humo va “Aloqabank” kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun esa (P2P) komissiya umuman olinmaydi. Bundan tashqari, amalga oshirilgan har bir tranzaksiya uchun keshbek taqdim etiladi.

Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Telegram: t.me/zoomrad_uz
Facebook: fb.com/zoomrad.uz
Instagram: @zoomrad.uz

Reklama huquqlari asosida.