Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade «Gazeta.uz» ruknida Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan nogironligi bo‘lganlar uchun xayriya munosabatidan voz kechishga va inson huquqlariga qaratilgan huquqiy yondashuvga o‘tish davriga chaqirmoqda.

3 dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni. Bu O‘zbekiston va jahon hamjamiyati uchun juda muhim kun. Shu kuni tadbirlar tashkil etiladi, ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkaziladi va ijtimoiy tarmoqlar ayni kunga tegishli heshteglar bilan to‘ldiriladi.

Tadbirlar va hashtaglar — bularning barchasi — muhim. Bu muammoning ahamiyati e’tirof etilganidan dalolatdir, unga qarshi kurashishda birdamlik va uning mohiyati haqida fikr yuritish ifodasidir.

Bugun men ushbu maqolani yozayotganimda va bu yilgi «Inklyuziv rivojlanish uchun transformatsion yechimlar: qulay va adolatli dunyoni shakllantirishda innovatsiyalarning o‘rni» mavzusida mulohaza yuritar ekanman, o‘zimni jamoatchilik muhokamasida ota-ona, hamjamiyat va hamkorlar, shunchaki birdamlik ifodasi sifatida ilgari surmoqchiman.

Transformatsiyaga oid qarorlar bizdan boshqacha harakat qilishni talab qiladi va bund O‘zbekistonda ko‘plab jabhalarda paradigma o‘zgarayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Shubhasiz, so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda nogironlik masalalrida katta yutuqlarga erishildi. Ulardan asosiysi Nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish edi. Bundan tashqari, 200 dan ortiq maktab inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qila boshladi.

Yana bir muhim bosqich — bu nogironligi bo‘lgan bolalarning oila muhitida o‘sib-ulg‘ayishiga imkon beradigan internat muassasalaridagi bolalarni bosqichma-bosqich deinstitutsionalizatsiya qilishdir.

Ushbu tashabbuslar chinakam inklyuziv jamiyat qurish yo‘lidagi barqaror va keng ko‘lamli taraqqiyotni ta’minlashi kerak.

Biz birgalikda xayriya yo‘nalishidagi yondashuvdan voz kechishimiz va uni dadillik bilan barcha nogironligi bo‘lgan insonlarning inson huquqlarini e’tibor markaziga qo‘yadigan huquqiy yondashuvga almashtirishimiz zarur.

Bu turli darajadagi va turli yo‘nalishlardagi siyosiy iroda va ko‘plab tashabbuslardan ham milliy, ham mahalliy darajada tizimli yondashuvga o‘tish imkonini beradi. Bu nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ularning ehtiyojlarini qondirish uchun moslashuvchan tizimni ta’minlaydigan yondashuv, degani.

Men ushbu ehtiyojlarning ba’zilarini bevosita bilish imkoniga ega bo‘ldim. O‘tgan o‘n ikki oy davomida Zamin xalqaro fondi bilan birgalikda bir qancha hududlarda axborot kampaniyasini yo‘lga qo‘ydik. Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari bilan uchrashdim, suhbatlashdim va bu uchrashuvlar davomida ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Ota-onalar imkoniyat va xizmatlardan foydalanishning yomonligi, stigmaning yuqori darajasi va imkoniyatlarning yetishmasligidan xavotirda. Masalan, samarqandlik nogironligi bo‘lgan qizning buvisi menga nabirasi uchun oddiy nogironlik aravachasi topib berilmaganini aytdi va u YUNICEFdan bunday hollarda murojaat qilish uchun oddiy ma’lumotnoma risolasini ishlab chiqishni so‘radi.

Urganchlik bir ona o‘g‘lining nafaqasini olish naqadar qiyin bo‘lganini, o‘g‘lini oliy ma’lumot olishida qo‘llab-quvvatlagan ota esa, uning ish va mustaqil yashash imkoniyatlarini cheklab qo‘yadigan stigmalardan xavotirda ekanini aytdi.

Ular yagona muammo emasligi aniq. Ishonchim komilki, shunga o‘xshash savollar yana turli darajalarda ko‘tariladi.

YUNICEF inklyuziv jamiyatni yaratishda mavjud qiyinchiliklarni tizimli ravishda hal qilish bo‘yicha aniq takliflarga ega.

Birinchidan, nogironligi bo‘lgan bolalar o‘z oilalari bilan qolib, hamma bilan birga o‘qishlari kerak. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar inklyuzivlik to‘g‘ri amalga oshirilsa (Inklyuziv ta’lim — teng munosabatni ta’minlaydi), sinfdagi barcha bolalar foyda ko‘radi. O‘qituvchining diqqatini bir o‘quvchiga qaratish uni boshqalardan chalg‘itmaydi — aksincha. Har bir o‘quvchi individual yondashuvga muhtoj va o‘qituvchi bu texnikani egallashi kerak. Bundan tashqari, inklyuzivlik nogironligi bo‘lmagan bolalarning hamkorlik qilish, birgalikda ishlash, turli nuqtai nazarlarni tushunish va qadrlash, tanqidiy fikrlash va yaxshi ta’lim natijalarini namoyish etish qobiliyatini oshiradi.

Ha, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy maktab o‘quvchilarining aksariyati nogironligi bo‘lgan tengdoshlari bilan bir xil muhitda o‘qiganlarida, imtihonlarda yaxshiroq natijalarga erishadi, testlarni yaxshi topshiradi.

Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan insonlar bilan yaqin hamkorlikda nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalar hamda ularning tarbiyalanuvchilariga hayot davomida sifatli inklyuziv ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar taqdim etishning milliy tizimini ishlab chiqish zarur.

Uchinchidan, nogironlikning ijtimoiy modeli asosida mahalla darajasida 0 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kompleks erta aniqlash va barvaqt tibbiy yordam ko‘rsatishning kompleks tizimini joriy etish zarur.

Nihoyat, stigma va diskriminatsiyaga olib keladigan munosabatlarni o‘zgartirish kerak. Jamiyat a’zolari sifatida biz nogironlik haqidagi tasavvurimizni tahlil qilishimiz va uni o‘zgartirishimiz kerak, chunki idrok ko‘pincha eng katta to‘siqdir.

O‘ylaymizki, bugun biz ushbu kunni nishonlar ekanmiz, bizga imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan amaliy yechimlar kerak bo‘ladi.