Toshkent viloyati Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy obyektlari buzilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, chegarani mustahkamlash, muhofazasini ta’minlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, to‘siqlar, chegara yo‘llari, ko‘priklar va boshqa obyektlar bunyod etiladi.

Mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 millard so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.

Buzish ishlari viloyat hokimining «Toshkent tumani hududida Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida»gi, shuningdek, xalk deputalari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.