Yevropa Ittifoqi Nukus voqealarida ayblanayotganlar ustidan sud jarayonini diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi

«Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz», — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.

Tajimuratov Orinbayev va Kamalov sudga chaqirilishini so‘radi

Nukus voqealari bo‘yicha asosiy gumondor Dauletmurat Tajimuratov Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining amaldagi va sobiq rahbarlarini sudga chaqirilishini so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, u qaysi akademiya odamlarni otishni o‘rgatishini so‘radi.

Tajimuratov va boshqa sudlanuvchilar bir-biriga qarshi savollar bermoqda — huquq faoli

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot vakili Gulnoz Mamarasulova Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni haqida fikr bildirdi. Tajimuratov boshqa sudlanuvchilarning ayblarini tasdiqlaydigan, ularga qarshi ishlovchi savollarni bermoqda, unga nisbatan ham ayni shunday harakat qo‘llanilmoqda, dedi u.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘mita narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini eslatib o‘tdi.

«Qandaydir uchinchi davlatlarning kun tartibimizni shakllantirishda ta’siri yo‘q» — Sherzod Asadov

Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida Ukrainadagi voqealarning aloqasi yo‘q, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kun tartibining shakllanishida qandaydir uchinchi davlatlar ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zbekistonda «omikron»ning VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylandi

O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi, deya ma’lum qildi SSV. Uning inkubatsiya davri qisqaroq — 2−3 kun. Alomatlari — tomoq og‘rig‘i, isitma, kuchli bosh va mushaklar og‘rig‘i, kon’yunktivit, tonzillit va otit.

Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonda AES loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi.

Samarqandda uydan ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va 5 yoshli qizaloqning murdasi topildi. Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi ularning o‘limiga «noma’lum etiologikdan zaharlanish» sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Talabalarga poyezd chiptalarini sotib olish uchun 50% chegirma e’lon qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 22 dekabrdan 10 yanvargacha davlat OTMlarida o‘qiydigan talabalar uchun mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga 50% chegirma e’lon qildi. Ularni temiryo‘l kassalaridan yoki railway.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Toshkent dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida 168-o‘rinni egalladi

Toshkent bu yil dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida o‘tgan yilga nisbatan (2021 yilda 171-o‘rin edi) o‘z o‘rnini biroz yaxshilagan holda 168-o‘rinni egalladi. Bu yil yashash uchun eng qimmat shaharlar Singapur va Nyu-York bo‘ldi.

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda. Ularning o‘rniga chegarani mustahkamlash maqsadida to‘siqlar, chegara yo‘llari, ko‘priklar, muhandislik inshootlari va boshqa obyektlar quriladi.

«Barcha holatda ham ichki ishlar xodimlarini aybdor, deb bo‘lmaydi» — IIV

2022 yilning o‘n oyida 344 ta holatda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIO xodimlariga nisbatan fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan. 72 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan. «Xodimlar va fuqarolar o‘rtasidagi holatlar tizim imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti», — dedi IIV vakili Hamza Maxsumov.

O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi

Havo harorati kechalari −2…−7 daraja, kunduz kunlari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda haydovchilar narkotester orqali tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin

Hukumatning YPX xodimlarining maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan haydovchilarining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlashda narkotester texnik vositasidan foydalanish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Buxoroda davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi

DXX va Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 456 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqladi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 2 mlrd 530 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Bir kunda 159 kishida koronavirus aniqlandi

1 dekabr kuni O‘zbekistonda 159 kishida koronavirus aniqlandi (o‘tgan kuni 154 kishi kasallangandi). Kasallik eng ko‘p Toshkent shahri (64 nafar) va viloyatida (19 nafar) qayd etildi.

O‘zbekistonga yana 2,3 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi

O‘zbekiston bir hafta ichida Pfizer vaksinasining 3-partiyasini qabul qilib oldi. Juma kuni 2,3 mln doza vaksina keltirildi. Avvalroq, mazkur vaksinaning qariyb 143 ming hamda 550 ming dozasi yetib kelgandi.

O‘zbekistonda Ispaniya elchixonasi ochilishi mumkin

Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ispaniya Qirolligidagi hamkasbi bilan uchrashdi. Tomonlar iqtisodiy aloqalar, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston rasmiy Madridning Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishladi.

Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi

Banklar 2 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 175 — 11 285 so‘mdan sotib olmoqda, aholiga sotish kursi esa 11 285 so‘m etib belgilandi.

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi — ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Ular tashkilotga Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston tomonidan taqdim etildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: o‘rtacha toshkentlik o‘rtacha farg‘onalikdan salkam uch karra boyroq

Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.