Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ota va uning 5 yoshli qizi vafot etdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 30 noyabr kuni soat 09:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani «Qorako‘lcha» MFY Qorako‘lcha qishlog‘ida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.X. va uning 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi o‘zining yashash uyi xonasida tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarisiz murdasi topilganligi aniqlandi.

Sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi «noma’lum etiologikdan zaharlanishi» oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Xolat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.