2 dekabr kuni O‘zbekistonda yana 156 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi (bir kun avval 159 kishi). SSV xabariga ko‘ra, eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida — 82 nafar, Toshkeni viloyatida — 15 nafarni tashkil etadi.

Samarqand viloyatida — 14 nafar, Namanganda -10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 kishida kovid aniqlandi.

Pandemiya boshlangan 2020 yilning mart oyidan beri mamlakatda rasman koronavirus aniqlangan bemorlar soni 242,3 mingdan ortdi.