O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.
Xatirchi tumanida Matiz va Damas o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab 49 yoshli Matiz haydovchisi vafot yetdi.
Hindistonda 2 hafta davom etgan o‘zbek-hind harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi. U yerda qo‘lbola usullarda portlatish, shartli terrorchi guruhlarni qidirish va yo‘q qilish, tog‘li va o‘rmonli hududlarda jangovar harakatlar olib borish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
«O‘zbektelekom» martdan O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy eta boshlaydi. Dastlab tarmoq bilan Toshkent shahri to‘laqonli, viloyat markazlari esa qisman qamrab olinadi. Qolaversa, ilk marotaba flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G`dagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
May oyida Berlinda «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha» ko‘rgazmasi ochiladi. Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyidan 285 ta ashyo namoyish etiladi.
PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.
Prezident tasdiqlagan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, agentlik, davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar davlat mulkini boshqaradi. Mamlakatning yer, yerosti boyliklari, o‘simlik, hayvonot dunyosi, arxiv hujjatlari, madaniy meros obyektlari va muhofazadagi hududlar xususiylashtirilmaydi.
Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V International Tashkent Marathon ommaviy yugurish musobaqasi sabab qator ko‘chalar 11−12 mart kunlari vaqtincha yopiladi.
Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Shanba va yakshanba kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat shanba kuni kunduzi +21…+26 daraja, yakshanba kuni salqinroq, +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda burqa kiygan 20 yoshli talaba qiz xotin-qizlarning ochiq-sochiq libosini tanqid qildi. IIV o‘z diniy qarashlari orqali boshqalarga baho berish yoki shaxsiy hayotga aralashish mumkin emasligini eslatib, qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilganini bildirdi.
Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.
11−12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangiliklar, 1 oyda $1,9 mlrdga kamaygan oltin-valyuta zaxiralari, 8 kunga yopiladi Qo‘yliq metro bekati, yurak xastaligidan vafot etgan Aleksandr Nechayev, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston maktablarida 18 mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak 27 martdan boshlanadi.
11 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu ishlarga 1,3 mlrd so‘m sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting