Xatirchi tumanida Matiz va Damas avtomashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Zo‘rTV» telekanalining «Bu kun» dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea 2023 yil 19 fevral kuni soat 19:35 larda Xatirchi tumani hududidan o‘tgan 4R48 «Zarafshon trakt»i davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 25 yoshli Nexia haydovchisi ushbu avtomobil yo‘lining 149-kilometriga kelgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib, ortga qayrilayotgan Matiz bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi yuzaga keltirgan.

Oqibatda Matiz`ning 49 yoshli haydovchisi kasalxonaga olib borilganda vafot yetgan.

Holat yuzasidan Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.