Hindistonda «Do‘stlik-2023» nomi ostida o‘tkazilgan o‘zbek-hind qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar Uttarakxand shtatidagi Badlani qishlog‘ida joylashgan 438-motoo‘qchilar polkida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashdi.

Unda ikki mamlakat harbiy xizmatchilari qo‘lbola usullarda portlatish, signal beruvchi vositalarni turli joylarga o‘rnatish, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotidan skalodromda me’yorlarni bajarish, qoyalarda har xil usullarda tushish va chiqish, sun’iy tog‘ to‘siqli yo‘lagidan o‘tish, qo‘l jangi elementlarini qo‘llash, o‘rmonzor va tog‘li joylarda hamda yopiq inshootlarda o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Hindistonliklar tomonidan o‘q otish va tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yaratilgan o‘quv trenajyorlari, mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilayotgan va Hindiston armiyasida qo‘llanayotgan kvadrakopterlar hamda ularga qarshi vositalar, tungi va kunduzgi kuzatish va masofa o‘lchash moslamalari, qurolli bosqinchini qurolsizlantirishga o‘rgatilgan xizmat itlari, shuningdek, parvozdagi dronni urib tushirishga o‘rgatilgan burgutlarning xatti-harakati namoyish etildi.

Hind armiyasi vakillari tomonidan o‘rgatilgan lochinning boshiga o‘rnatilgan kichik hajmli videokamera yordamida 300−400 metr masofagacha uchishi davomida videotasvirni real vaqt mezonida monitorga uzatishi namoyish etildi.

Ikki davlat harbiylari, bundan tashqari, tungi vaqtda, ko‘rish darajasi o‘ta past vaziyatda shartli terroristik kuchlar joylashgan lagerga hujum uyushtirish bo‘yicha «Chaqmoq» operatsiyasini o‘tkazdi. Ushbu operatsiya tungi kuzatish moslamasi orqali masofadan oq-qora rangda onlayn efirga uzatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar 2019 yilda Toshkent harbiy okrugi hududidagi umumqo‘shin poligonida birinchi marotaba o‘tkazilgan edi. Ikkinchi bor 2021 yilda Hindistonning Utaranchal shtati Ranikxet provinsiyasi hududida joylashgan «Chaubatiya» o‘quv markazida o‘tkazilgan. Uchinchi marta esa «Do‘stlik-2022» birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlari Xorazm viloyatida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning «Yangiariq» umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan.

Foto

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari

harbiy mashg‘ulotlar, hindистон, o‘zbek-hind harbiylari