Jamiyat

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi
28 mart 2023, 10:20

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonda gaz portlashi sababli er-xotin va ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi 50−60 foiz kuyish jarohatini oldi. Bemorlarning barchasi shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
28 mart 2023, 10:12

O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi. Shuningdek, yuqori texnologik va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimi joriy qilinadi.

Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
28 mart 2023, 09:51

Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi

Tarmoqlarda Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari topilgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura bir necha yil avval mahalla qabristoni suv ostida qolib ketgani va hozir suv sathi pasaygani uchun suyaklar yuzaga chiqib qolganini ma’lum qildi.

27 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 mart 2023, 22:00

27 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rekonstruksiyaga yopilgan Andijon aeroporti, pedagoglarning majburiy mehnati uchun alohida jinoiy javobgarlik, Open budget`da ovoz berganlarga bepul ichimlik, 5000 so‘m pul va 1 litr yog‘, «Seniki. Meniki. Bizniki"-Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
27 mart 2023, 21:15

Zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Agar siz zilzila ehtimoli yuqori bo‘lgan hududda yashasangiz, zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish va u ro‘y berganda o‘zingizni qutqarish uchun nimalar qilish kerakligini «Gazeta.uz»ning batafsil qo‘llanmasida o‘qing.

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ham elektromobillarniki kabi raqam beriladi
27 mart 2023, 19:41

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ham elektromobillarniki kabi raqam beriladi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar uchun elektromobillarniki kabi davlat raqamlari berishga qaror qilindi.

Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi
27 mart 2023, 19:21

Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi

Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi
27 mart 2023, 18:38

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi

Tarmoqlarda Toshkentdagi mahallalardan birida noma’lum shaxslar uch kun davomida yashirib ketilgan narkotiklarni izlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB hozirda 28 kishi ushbu holat bo‘yicha ko‘rsatma bergani va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi
27 mart 2023, 17:49

Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.

Bepul ichimlik, 5000 so‘m pul va 1 litr yog‘ — Open budget`da ovoz berish evaziga nimalar taklif etilmoqda?
27 mart 2023, 17:12

Bepul ichimlik, 5000 so‘m pul va 1 litr yog‘ — Open budget`da ovoz berish evaziga nimalar taklif etilmoqda?

«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 7 aprelda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalariga ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, hisobni to‘ldirish, bepul ichimlik ulashish va hatto yog‘ berish ham kuzatilmoqda. «Gazeta.uz» jarayonga oid suratlar va postlarni jamladi.

Chimyon tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
27 mart 2023, 16:59

Chimyon tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent viloyati Chimyon tog‘larida 28−31 mart kunlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlari rejalashtirmayapti — Veolia Energy
27 mart 2023, 16:27

Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlari rejalashtirmayapti — Veolia Energy

Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda poytaxtda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmyotganini ma’lum qildi. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroqqa yoz-kuz mavsumida o‘tkaziladi.

“Taʼlim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi muvaffaqiyat yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin
27 mart 2023, 15:00

“Taʼlim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi muvaffaqiyat yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin

Aprel va may oylarida O‘zbekistonning to‘qqizta shahrida “Ta'lim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda turli mamlakatlardan 50 dan ortiq universitet vakillari ishtirok etadilar.

«Seniki. Meniki. Bizniki». Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi qanday ketmoqda? Foto
27 mart 2023, 14:30

«Seniki. Meniki. Bizniki». Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi qanday ketmoqda? Foto

Aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida O‘zbekiston bo‘ylab «Konstitutsiya — o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Ularda estrada yulduzlari, sportchilar, rasmiylar va tadbirkorlar chiqish qilmoqda. Fotojamlanma.

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ
27 mart 2023, 13:42

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ

DSQ O‘zbekistonda qancha talaba shartnoma tuzib ijarada turganini ma’lum qildi. 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 50 976 ta ijara shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha ijarada turuvchi talabalar soni 83 018 nafarga yetgan.

Hafta davomida havo o‘zgarib turadi
27 mart 2023, 11:36

Hafta davomida havo o‘zgarib turadi

Hafta davomida harorat +20…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Seshanba-payshanba kunlari esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi
27 mart 2023, 11:09

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi

Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan poyezd Ellikqal’a tumanida 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Voqeaga fuqaroning ehtiyotsizlik oqibatida temiryo‘lga chiqib qolgani sabab bo‘lgan.

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi
27 mart 2023, 10:59

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi

6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

Shvetsiyadan O‘zbekistonga birinchi marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi
27 mart 2023, 10:42

Shvetsiyadan O‘zbekistonga birinchi marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan firibgarlikda gumonlangan erkak Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi
27 mart 2023, 10:30

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi

DXX va IIB Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga jo‘natishda gumonlangan ayolni ushladi. U kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga tushgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting