Transport prokuraturasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidan o‘tuvchi poyezd odam bosib ketgani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

24 mart kuni soat 16:00 atrofida 053-sonli Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd Ellikqal’a-To‘rtko‘l bekatlari oralig‘ining 5-to‘sig‘ida harakatlangan. Shu paytda 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh. ehtiyotsizligi oqibatida poyezd yo‘liga chiqib qolgan va uni poyezd bosib ketgan.

Olgan jarohatlari oqibatida fuqaro X.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.