Yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023 yilning 6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar qildi.

Poyezd quyidagi jadvali asosida harakatlanadi:

60-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalish:

  • Toshkent 07:55 — Andijon 13:56.

59-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi:

  • Andijon 15:55 — Toshkent 21:45.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.