O‘zbekistonda 18 martdan 7 aprelgacha «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni ketmoqda.

Bunda fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo‘llarni qurish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning taqsimlanishida ishtirok etishlari mumkin.

open budget, tashabbusli budjet

Fuqarolar ovoz berish jarayonlarida ko‘proq ovoz to‘plash uchun aholiga turli iltimoslar bilan murojaat qilmoqda. Masalan, kimlardir ijtimoiy tarmoqdarda odamlardan ovoz bergani evaziga telefon raqamiga pul tashlab berayotgan bo‘lsa, kimlardir ovoz berganlarga ichimliklar, hatto 1 litr yog‘ ham tarqatayotgani aytilyapti. «Gazeta.uz» jarayonga oid suratlar va postlarni jamladi.

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev loyihaga ovoz yig‘ayotgan yoshlar bilan ko‘rishib qolgani haqida post qoldirdi.

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasiga loyihaga ovoz berishga undab, storis joyladi.

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

Shu bilan bir paytda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ha deganda oldilaridan «Ovoz bering», deya murojaat qilayotganlar chiqayotgani haqida post qoldirmoqda.

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

Foto: Telegram / @r_kusherbayev

Tanganing ikkinchi tomoni

Ovoz yig‘ish jarayonlariga start berilgach, ayrim davlat tashkilotlarida xodimlarga ovoz to‘plash majburiyati yuklatilayotgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi.

open budget, tashabbusli budjet

Foto: Telegram / @fayzboguz

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

open budget, tashabbusli budjet

Jumladan, Rasul Kusherbayevga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida o‘qituvchi va ota-onalar ham ovoz yig‘ishga majburlanayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.

«Ota-onalar, kerak bo‘lsa, yangi telefon raqam sotib olishib, ovoz berishmoqda majburlikdan», — deyiladi murojaatda.

Xuddi shunday murojaat Namangan viloyati Uychi tumanidan ham kelib tushgan.

«Bugun ish kunimiz ishga chiqdik. Ammo direktorimiz Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘asan, deb hammani ko‘chaga haydagan. Yoshimiz 50 dan o‘tganda ko‘chama-ko‘cha yurib, ovoz yig‘yapmiz», — deya shikoyat qilingan unda.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida esa o‘qituvchilarga «Tashabbusli budjet» uchun ovoz yig‘ishga majburiy topshiriq berilgani aytilgan. Shundan so‘ng vazir Hilola Umarova o‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlangan.

Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha bayonot berib, Angor tumani «Novshahar» mahallasidagi 36-maktabda bo‘lgani aytilgan ushbu holat nazoratga olinib, hozirda ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi.

Gap shundaki, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lgani sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.

Vazirlik ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqayotaganini bildirgan.

Xususan, Face ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmi joriy etilishi, bunda tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilishi aytilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Face ID tizimi ovoz berish jarayonini qiyinlashtirishi, bu fuqarolar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi tanqidlarga javoban o‘z xodimlari va matbuot xizmatini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblagan.

Unga ko‘ra, ishlab turgan tizimga o‘zgartirishlar kiritilayotganda aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, keyin qaror qabul qilish zarur.

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» bo‘yicha ovoz berish 7 aprelga qadar davom etadi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.

Hozirda portalga 55 970 ta tashabbusli loyiha kelib tushgan. Uning 33 680 tasi ovoz berish jarayonida qatnashmoqda. Ular orasidan eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz» mazkur platforma va undan foydalanish tartiblari haqida qo‘llanma tayyorlagandi.