O‘zgidromet 2023 yil 28−31 mart kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Bunga Chimyon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab dengiz sathidan 2000 metr yuqori qismida kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab qilib ko‘rsatilgan.