Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi

Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.

Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlari rejalashtirmayapti — Veolia Energy

Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda poytaxtda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmyotganini ma’lum qildi. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroqqa yoz-kuz mavsumida o‘tkaziladi.

Chimyon tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent viloyati Chimyon tog‘larida 28−31 mart kunlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Xorijda 55 ta referendum uchastkasi tuziladi — MSK

MSK Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum uchun chet davlatlarda 55 ta uchastkalari tuzilishini ma’lum qildi. Xususan, Rossiyada 7 ta, Qozog‘iston va Xitoyda 3 tadan, AQSh, BAA, Germaniya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Turkiyada 2 tadan tashkil etiladi. Ular Toshkentdagi 14-okrugga biriktiriladi.

O‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev g‘olib bo‘ldi. Ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy tayyorgarlik sinovlari, artilleriya olovini boshqarish, insho yozish kabi shartlardan o‘tgan.

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ

DSQ O‘zbekistonda qancha talaba shartnoma tuzib ijarada turganini ma’lum qildi. 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 50 976 ta ijara shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha ijarada turuvchi talabalar soni 83 018 nafarga yetgan.

Navbahor Hamidova raqibining diskvalifikatsiya qilinishi hisobiga JCHda bronza medalini oldi

Boks bo‘yicha Hindistonda o‘tgan JCHda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga yutqazib qo‘ygandi. Biroq yarim finalchi Xelif genetik holati sababli o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada bronza medali o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.

Hafta davomida havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat +20…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Seshanba-payshanba kunlari esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Shvetsiyadan O‘zbekistonga birinchi marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan firibgarlikda gumonlangan erkak Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi

Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan poyezd Ellikqal’a tumanida 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Voqeaga fuqaroning ehtiyotsizlik oqibatida temiryo‘lga chiqib qolgani sabab bo‘lgan.

Sherzod Kudbiyev Yandex Go`ning O‘zbekistonda soliqqa tortilishiga izoh berdi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Goyoning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ham elektromobillarniki kabi raqam beriladi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar uchun elektromobillarniki kabi davlat raqamlari berishga qaror qilindi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Bepul ichimlik, 5000 so‘m pul va 1 litr yog‘ — Open budget`da ovoz berish evaziga nimalar taklif etilmoqda?

«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 7 aprelda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalariga ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, hisobni to‘ldirish, bepul ichimlik ulashish va hatto yog‘ berish ham kuzatilmoqda. «Gazeta.uz» jarayonga oid suratlar va postlarni jamladi.

«Seniki. Meniki. Bizniki». Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi qanday ketmoqda? Foto

Aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida O‘zbekiston bo‘ylab «Konstitutsiya — o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Ularda estrada yulduzlari, sportchilar, rasmiylar va tadbirkorlar chiqish qilmoqda. Fotojamlanma.

Zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Agar siz zilzila ehtimoli yuqori bo‘lgan hududda yashasangiz, zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish va u ro‘y berganda o‘zingizni qutqarish uchun nimalar qilish kerakligini «Gazeta.uz»ning batafsil qo‘llanmasida o‘qing.