“Tashkent_Land” Telegram kanalida Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushgani haqida murojaat e’lon qilindi. Unda avtomobil yo‘li o‘rtasida katta chuqurlik paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Foto: Telegram/Tashkent_Land

Mirobod tumani hokimligi holat yuzasidan izoh berib, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borishganini ma’lum qildi.

asfalt, миробод tumani

“Chuqur atrofi o‘rab olinib, mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.