Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi qulay biznes muhiti samarasida so‘nggi yillarda chet el korxonalari 5 mingtadan 16 mingtaga ko‘paydi. Har bir tuman va shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi.

Yil boshidan 764 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgani, 1,3 mingta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirilgani qayd etildi. Eksport 3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Prezident bu natijalar yetarli emasligini, dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda ikki karra ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

Shu bois prezident ishga tushadigan loyihalar ijrosini hududlar va tarmoqlar kesimida kunlik nazorat qilib, muammolarni hal qilib borish zarurligini ta’kidladi. 304 ta yirik va 3 mingta hududiy loyihani ishga tushirilishi natijasida 2023 yilning o‘zida 10 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish va 200 million dollarlik eksport qilish imkoniyatlari mavjud.

Yuqori texnologik va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy qilish, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Саноат siyosati tadqiqotlari markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.