Jamiyat

Ish haftasining ikkinchi yarmidan havo harorati ko‘tariladi
15 mart 2021, 14:26

Ish haftasining ikkinchi yarmidan havo harorati ko‘tariladi

Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi va havo harorati keskin ko‘tariladi.

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga 21 ming dollar kerak bo‘ladi
15 mart 2021, 14:19

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga 21 ming dollar kerak bo‘ladi

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun yiliga 21 960 dollardan ko‘proq mablag‘ topishlari kerak. Baxt uchun eng kam pul «talab qilinadigan» mamlakatlar deb Surinam (6 799 dollar), Argentina (8 788 dollar), Angola (8 921 dollar) va Qirg‘iziston (8 997 dollar) topildi.

Asakada hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
15 mart 2021, 14:16

Asakada hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Asaka tumanida sobiq fermer hokimlik zaxirasidagi 50 sotix yerni tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berishini va’da qilgan. U buning uchun 10 ming dollar talab qilgan. Keshilgan pulning 5 ming dollarini olayotgani vaqtida Bosh prokuratura va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi
15 mart 2021, 13:26

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar berdi.

«Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga» — Rasul Kusherbayev besoqolbozlikni qonuniylashtirish haqida
15 mart 2021, 13:26

«Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga» — Rasul Kusherbayev besoqolbozlikni qonuniylashtirish haqida

«ILGA Europe» xalqaro tashkiloti O‘zbekistonda besoqolbozlikni taqiqlovchi qonun normalarini chiqarib tashlash taklifini bildirdi. Bunga Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z munosabatini bildirar ekan, «agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga», deya ta’kidladi. Deputat «bu kabi mantiqsiz, aksiltabiiy taklifni berganlar bizga asli kim ekani va maqsadi nima ekanligini tushunib olavering», deya qo‘shimcha qildi.

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
15 mart 2021, 13:22

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«EVOS» filiallaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
15 mart 2021, 12:20

«EVOS» filiallaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yakshanba, 14 mart kuni Shayhontoxur tumanidagi «EVOS» umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi
15 mart 2021, 11:07

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi

«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.

Talabalar sovg‘asini «arzimas narsa» deb atagan Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
15 mart 2021, 09:53

Talabalar sovg‘asini «arzimas narsa» deb atagan Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Buxoro davlat universitetida talabalarning 8 martga sovg‘asini «arzimas narsa» deb atab, «endi hammasi boshqacha bo‘ladi» deya ogohlantirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi.

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi
14 mart 2021, 14:46

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Kuchli shamol natijasida Xonqa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi qulab tushdi.

Xorazmda ko‘plab xonadonlar kuchli shamol va qor yog‘ishi oqibatida elektr energiyasiz qoldi
13 mart 2021, 12:25

Xorazmda ko‘plab xonadonlar kuchli shamol va qor yog‘ishi oqibatida elektr energiyasiz qoldi

Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelib, Xorazm viloyatining bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan.

Nima tayyorlaymiz: ko‘katli pishiriqlar
13 mart 2021, 10:00

Nima tayyorlaymiz: ko‘katli pishiriqlar

Bahorni ko‘katlarsiz tasavvur etish qiyin, buning uchun Zira.uz ko‘katli pishiriqlar retseptlar to‘plamini taqdim etadi.

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
12 mart 2021, 23:13

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Juma kun tushdan keyin Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Buning oqibatida uy egasi va uning nabirasi 50 foiz termik kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tahminlarga ko‘ra, gaz va havo chaqnashi gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Hashar ixtiyoriy. Unda qatnashishga majburlagan mansabdorlar jarimaga tortiladi
12 mart 2021, 20:51

Hashar ixtiyoriy. Unda qatnashishga majburlagan mansabdorlar jarimaga tortiladi

13 mart — shanba kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov fuqarolarni majburiy tartibda hasharga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini ma’lum qildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa ishonch telefon raqamlarini e’lon qildi: 71−200−06−00 va 1176.

«Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga 980 ming so‘mgacha bir martalik yordam ko‘rsatiladi
12 mart 2021, 20:19 2

«Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga 980 ming so‘mgacha bir martalik yordam ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, daftarga kiritilganlarning OTM shartnoma pulini 50 foizini to‘lab berish, xorijda davolanish xarajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Toshkent va Yangiyo‘lda $20 ming hamda 148 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar ushlandi
12 mart 2021, 18:08

Toshkent va Yangiyo‘lda $20 ming hamda 148 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar ushlandi

Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi
12 mart 2021, 17:24

O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda kinemotografiya akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san’atiga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim maktabini ham ochish ko‘zda tutilgan.

Buxoro viloyatida vaksinalarni saqlash uchun sovutish ombori ochildi
12 mart 2021, 16:38

Buxoro viloyatida vaksinalarni saqlash uchun sovutish ombori ochildi

YUNISEF Buxoro viloyatiga vaksinalarni saqlash uchun sovutish omborlarini topshirdi. Bir yil ichida O‘zbekistondagi yana to‘rtta omborxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda
12 mart 2021, 15:00

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo harorati keskin pasayishi va ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Respublika hududlarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Turkiyada 15 martdan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun elektron anketalar joriy etiladi
12 mart 2021, 14:49

Turkiyada 15 martdan boshlab barcha tashrif buyuruvchilar uchun elektron anketalar joriy etiladi

2021 yil 15 martdan boshlab Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin maxsus elektron so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Yo‘lovchilar to‘ldirilgan so‘rovnomani bosib chiqarishi yoki mobil qurilmaga yuklab olib, jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga taqdim etadilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting