Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Kanadaga noqonuniy yuborishga urinish holatini aniqladi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

1974 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. o‘zining yaqin aloqadagi sherigi bilan fuqaroning ishonchiga kirgani va uning qarindoshini Kanadaga yuborishni va’da qilgani aytilmoqda.

Ushbu xizmatlari evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming dollardan jami 24 ming dollar miqdorida pul talab qilgan. J.Sh. ushbu so‘ralgan puldan 4 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan, — deyiladi xabarda.