O‘zbekiston hududlari bo‘ylab yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum oldidan «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Ularda estrada yulduzlari, sportchilar, davlat idoralari vakillari, jamoat arboblari, tadbirkorlar chiqish qilmoqda.

Bunday tadbirlar Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va boshqa viloyatlarda o‘tkazildi. Ta’lim muassasalari va turli tashkilotlarda ham (masalan, Termiz davlat universiteti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida va boshqalar) alohida tadbirlar tashkil etilyapti.

Internet orqali, shuningdek, televideniyeda taniqli shaxslar va fuqarolarning aholini «befarq bo‘lmaslikka», referendumda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga undovchi videomurojaatlari e’lon qilinmoqda.

Yaqinda Buxoroda bo‘lib o‘tgan tadbirda, rasmiy xabarga ko‘ra, salkam 14,5 ming kishi ishtirok etgan. Unda Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar, referendum o‘tkazish tartibi haqida so‘zlab berilgan. So‘zga chiqqanlar orasida xonanda Lola, sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va boshqalar bor.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunday tadbirlarda Jizzaxda 1000 nafar maktab direktori va o‘qituvchilari, Sirdaryoda ham shuncha o‘qituvchi ishtirok etgani haqida xabar berdi.

Tadbir ishtirokchilari qo‘llariga «Seniki», «Meniki», «Bizniki», «Konstitutsiya — o‘zimizniki» yozuvlari tushirilgan rang-barang plakatlar, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining referendumi — 2023» yozuvi aks etgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘ini ko‘tarib chiqmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, referendum 30 aprelga belgilangan. Muddatidan oldin ovoz berish 19−26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Referendum o‘tkazish uchun 182,3 mlrd so‘m ajratilgan.

Hududlarda tashviqot tadbirlari qanday o‘tkazilayotgani — bizning fotojamlanmamizda.

Buxoro

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

Farg‘ona (foto: t.me/manbaofficial)

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

Termiz (foto: t.me/yuz_official)
конституцион ислоҳот, конституция, referendum

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

конституцион ислоҳот, конституция, referendum

конституцион ислоҳот, конституция, referendum