Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Uchtepa tumanidagi mahalla xonadonlaridan birining oldida fuqarolar bir necha kun davomida yashirilgan narsalarni qidirib yurgani aks etgan video tarqaldi.

Poytaxt IIBB holatni o‘rganib, ular giyohvand moddalarni izlayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 20, 24 va 25 mart kunlari tunda jami 28 kishi o‘z ko‘rsatmalarida shu hududda yashirilgan («zakladka») giyohvand moddalarni internet orqali berilgan lokatsiya yordamida qidirib topgan.

Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.