Jamiyat

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
1 iyun 2023, 09:33

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Uchtepa tumanida yuk mashinasi va 7 ta yengil avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketildi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
1 iyun 2023, 09:10

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi

Payshanba tongida Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Namangan viloyatida sezildi va 2−3 ballni tashkil etdi.

Kontrafakt shokolad ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi
31 may 2023, 23:01

Kontrafakt shokolad ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

Strikers, Maris va Bonti shokolat batonchiklarini ishlab chiqaruvchisi o‘zganing savdo belgisidan noqonuniy foydalanish moddasi bo‘yicha jarimaga tortildi.

31-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 may 2023, 22:00

31-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qullagan “Milliy tiklanish” partiyasi, Toshkent xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantirilishini aytgan yangi poytaxt hokimi, ta’limdagi yangiliklar, Surxondaryodagi yong‘in, sun’iy intellekt texnologiyalarinin xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
31 may 2023, 21:24

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi

Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.

Chegaradagi dengiz
31 may 2023, 20:54

Chegaradagi dengiz

Beruniy yashagan davrlarda uning nomi “Qiz dengizi” edi. Dengizdan kam joyi yo‘q — uzunligi 100−120 (taxminan Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofa), eni 30−40 km atrofida, bu qirg‘og‘idan narigisi ko‘rinmaydi. Asrlar bo‘yi necha bor qurib, so‘ng yana suvga to‘lgan bu joy hozir shunday ataladi — Sariqamish.

Qashqadaryoda 20 yoshli yigit tortishuv sababli 25 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi
31 may 2023, 18:03

Qashqadaryoda 20 yoshli yigit tortishuv sababli 25 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi

Kitob tumanida 20 yoshli yigit o‘zaro tortishuv sababli 25 yoshli yigitni qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov olib borilmoqda.

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
31 may 2023, 17:42

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

1-iyundan boshlab Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi.

Qashqadaryodagi nurayotgan qadimiy “Namozgoh” masjidi 2023-yilda restavratsiya qilinadi
31 may 2023, 17:21

Qashqadaryodagi nurayotgan qadimiy “Namozgoh” masjidi 2023-yilda restavratsiya qilinadi

Kasbi tumanidagi XIV asrga tegishli “Namozgoh” masjidi nurab borayotgani, ammo hech qanday chora ko‘rilmayotgani tanqid qilingandi. Madaniy meros agentligi o‘rganishlardan so‘ng yodgorlik 2023-yilgi restavratsiya rejasiga kiritilganini bildirdi.

Toshkentni xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantiramiz — Shavkat Umurzoqov
31 may 2023, 16:56

Toshkentni xalq hordiq chiqaradigan shaharga aylantiramiz — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda shahardagi har bir mahallada yashil hududlar barpo etiladi. “Toshkentga „xalq shahri“, „xalq hordiq chiqaradigan shahar“ nomlarini olib berish siyosatini yuritamiz”, — deydi u.

Buxoroda yigit futbol paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi
31 may 2023, 16:23

Buxoroda yigit futbol paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi

Kogon tumanida 21 yoshli yigit futbol o‘yini paytida mahalladoshini urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi
31 may 2023, 15:56

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 3 yo‘lovchidan biri vafot etdi

Bektemir tumanida Cobalt haydovchisi to‘xtab turgan “Jiguli”ga to‘qnashib, yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri kasalxonada vafot etdi.

Toshkentda 11 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
31 may 2023, 15:54

Toshkentda 11 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashib, uning salonidagi 11 yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan Lacetti haydovchisi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Buxoroda erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qildi
31 may 2023, 14:58

Buxoroda erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qildi

Romitan tumanida 58 yoshli erkak oilaviy shifokorlik punktida fohishaxona tashkil qilgani, bu xizmati evaziga 90 ming so‘m olgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi
31 may 2023, 14:50

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi

Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

Rodell Chery Tiggo 8 avtomobili egalari uchun oilaviy uchrashuv tashkil qildi
31 may 2023, 13:00

Rodell Chery Tiggo 8 avtomobili egalari uchun oilaviy uchrashuv tashkil qildi

Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori — Rodell Golden Fish hududida Chery Tiggo 8 egalari uchun oilaviy uchrashuv tashkil etdi. Tadbir dasturidan musobaqalar, baliq ovlash va boshqalar o‘rin oldi.

Boshlang‘ich sinflarda Informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik o‘qitiladi
31 may 2023, 12:47

Boshlang‘ich sinflarda Informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik o‘qitiladi

2023/2024 o‘quv yilidan maktablarda bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladi: o‘qituvchi o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni amaliyotda qo‘llashi, ularning tanqidiy fikrlashi va materialni tahlil qilishini baholaydi. Boshlang‘ich sinflarda Informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik o‘rgatiladi.

Surxondaryodagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
31 may 2023, 12:35

Surxondaryodagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

31-may kuni tongda Sho‘rchi tumanidagi 2 qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida binoning 2-qavati yonib zararlandi. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan laylak va lochinlarni noqonuniy sotishga uringan erkak jarimaga tortildi
31 may 2023, 12:29

Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan laylak va lochinlarni noqonuniy sotishga uringan erkak jarimaga tortildi

Yunusobod tumanida erkak O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ikki laylak va ikkita lochinni sotmoqchi bo‘ldi. Qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilib, erkak 3,3 million so‘m jarimaga tortildi.

O‘zbekistonda ko‘z to‘r pardasini ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti joriy etilishi mumkin
31 may 2023, 12:24

O‘zbekistonda ko‘z to‘r pardasini ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jarrohlik amaliyoti bilan ko‘z to‘r pardasini ko‘chirib o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu orqali to‘r parda bilan bog‘liq kasalliklar tufayli ko‘rish qobiliyati yo‘qotgan bemorlarni davolash mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting