Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori — Rodell Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolarini With Chery With Love shiori ostida o‘ziga xos tadbirda jamladi. Golden Fish rohatbaxsh nuqtasida o‘tkazilgan qiziqarli dastur oddiy uchrashuvni quvonch, iliqlik va ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la haqiqiy bayramga aylantirdi.

chery, реклама

Tadbir boshidanoq Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari tashkilotchilarning g‘amxo‘rligi va mehmondo‘stligini yaqindan his qilishdi. Ishtirokchilar iliq kutib olindi va har bir oila maxsus ajratilgan hududlarda, tadbirdan ajoyib esdalik bo‘lib qoluvchi, suratlarga tushdi.

chery, реклама

Dastur turli master-klass va tadbirlarga boy bo‘lib, mehmonlarga ijod olamiga sho‘ng‘ish va kundalik shovqin-suronni unutish imkonini berdi. Tadbirda xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi va kun davomida avtomobil egalariga maslahat berib, Chery avtomobillari bo‘yicha turli savollarga javob qaytarishdi.


Tadbirning esda qolarli lahzalaridan biri bu Golden Fish hududida joylashgan bir nechta suv havzalarida baliq ovlash imkoniyati bo‘ldi. Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari baliq ovlab, osoyishtalik va tinchlikdan bahramand bo‘lishdi, so‘ng mehmonlar uchun maxsus tayyorlangan mazali tushlikdan tanovul qildilar.

chery, реклама

“Menga tadbirning tashkil etilishi juda yoqdi. Hammasi eng yuqori darajada — betakror joylashuvdan tortib ajoyib jamoagacha”, — deb ta’kidladi ishtirokchilardan biri.

Butun tadbir davomida didjey mehmonlarning kayfiyatini yengil va ko‘tarinki ruhdagi musiqalar bilan shod etib, o‘ziga xos bayram muhitini yaratdi. Tadbir boshlovchisi nafaqat mehmonlarni xursand qildi, balki bir qancha tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarga brendning sovg‘alarini taqdim etdi.

chery, реклама

“Chery rusumli avtomashinani tanlaganimdan juda xursandman. Men doimo kerakli maslahatlarni ololaman va ko‘rsatilayotgan xizmat sifatidan mamnunman. Shuningdek, biz uchun bunday tadbirlar tashkil etilganidan xursandman”, — deya qayd etdi mehmonlardan yana biri.

Shuningdek, mehmonlar uchun hayvonot bog‘ida sayr qilish, ot minish va oqqushlarni boqish, tabiat hamda atrof-muhit go‘zalligidan zavqlanish imkoniyati yaratildi.

chery, реклама

Tadbir yakunida har bir ishtirokchi o‘zi ovlagan balig‘ini olib ketdi. Iliq va do‘stona muhitda Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari tadbirning unutilmas taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, hamfikrlar bilan aloqalarni mustahkamlashdi.

“Menga tadbir juda yoqdi. Shaxsan men uchun bu tasavvurimdagi eng yaxshi dam olish kuni bo‘ldi. To‘g‘ri mashina tanlaganimga bir soniya ham shubha qilmadim”, — dedi yana bir mehmon.

Chery mavjud modellarning har birining egalari uchun turli xil tadbirlarni tashkil qiladi. Masalan, mart oyida Chery Tiggo 7 Pro egalari Uzumfermer hududida Navro‘z bayramini nishonlagandi.

With Chery With Love tadbiri yakunida barcha ishtirokchilar uchun yorqin va esda qolarli voqeaga aylandi. Mehmonlar puxta o‘ylangan va tayyorlangan dastur uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildirishdi.

Rodell tashabbusi bilan With Chery With Love mijozlarning har biriga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish orqali ular uchun ijobiy va foydali muhit yaratish bo‘yicha yorqin namunaga aylandi. Aynan shunday tadbirlar Chery egalarini haqiqatan xursand qilib, tanlagan avtomobil sifatiga yana bir karra ishonch hosil qiladi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan/
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: CheryUzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

chery, реклама