28-may kuni soat taxminan 21:30 atrofida Toshkent shahrining Bektemir tumanida ikki mashina to‘qnashish oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning Bektemir yo‘li ko‘chasida haydovchi Sh. M. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi Sh.Q.ga tegishli “VAZ-2105” avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Shu paytda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.

йтҳ, тошкент

YTH oqibatida 2 nafar — 22 va 23 yoshli piyoda (S.Yu., A.K.) hamda Cobalt mashina haydovchisi jarohat olgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq uchinchi piyoda — 26 yoshli A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.