29-may kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 20 yoshli yigit o‘zaro tortishuv sababli 25 yoshli yigitni qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, voqea “Sport majmuasi” oldida sodir bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda 21 yoshli yigitga futbol paytida mahalladoshini urib o‘ldirgani uchun jinoyat ishi ochilgani xabar qilingandi.