Toshkent shahri Yunusobod tumanida fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona laylak va 2 ta lochin qushi bolalarini noqonuniy sotishga urindi, deb xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Noqonuniy olib kelingan qush bolalari yosh va qarovga muhtoj bo‘lgani, tabiatda yashab keta olmasligi sababli Toshkent hayvonot bog‘iga reabilitatsiya uchun belgilangan tartibda topshirildi.

қизил китоб, Tabiat resurslari vazirligi

Bu kabi holatlarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi (Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Fuqaroga nisbatan 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.