Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar qilmoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qatnovlar 2023-yilning 1-iyundan haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 16-sonli “Toshkent−Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent 09:03 — Qarshi 14:24;
  • 15-sonli “Qarshi−Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi 16:10 — Toshkent 22:25;

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.