1-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 08:21 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri O‘zbekistonda ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 41,62 gradus shimoliy kenglik; 71,7 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 211 km shimoli-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Namangan viloyatida 2−3 ball, 69 km.

So‘nggi bor zilzila 8-may tongida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qayd etilgandi.

“O‘xshash xabarlar” bo‘limida zilzila haqidagi afsona va haqiqatlar, shuningdek, yer qimirlagan paytda nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi xususida materiallar bilan tanishish mumkin.