31-may kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 8 ta avtotransport vositasi o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Tumanning Toshkent xalqa avtomobil yo‘li va Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahasida KAMAZ, 3 ta Lacetti, 2 ta Spark, Nexia-3 va Matiz avtomashinalari to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti mashinalaridan birining haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.