29-may kuni soat 22:30 atrofida Kogon tumanida yigit tanishini futbol paytida urib o‘ldirdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning “Sorg‘un” mahallasida yashovchi 21 yoshli A.L. “Naqshband” mahallasida joylashgan mini futbol maydonchasidagi o‘yin paytida mahalladoshi va tanishi 27 yoshli H.O. bilan janjallashgan. Janjal vaqtida uning yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib tepgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jabrlangan fuqaro H.O. olingan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.