Jasur Salixov yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga rektor etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Namangan shahrida Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas mashinasini qutqarish paytida ichida 5 nafar bola bo‘lgan yana bir Damas kanalga tushib ketdi. Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” mahallasida bir sutkadan ortiq vaqtdan beri elektr energiyasi yo‘qligi xabari tarqaldi. Tuman hokimiyati bu bo‘yicha izoh berib, elektr ta’minoti 25-iyul soat 19:00 da tiklanishini ma’lum qildi.
Namanganda Katta Andijon kanali, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarida cho‘kib ketgan 4 kishi — ikki nafar bola va ikki nafar erkak qidirilmoqda.
Toshkentda yengil avtomobil haydovchisi qoidalarni buzib, YTH holatini yuzaga keltirdi, shu sababli 28-yo‘nalishdagi elektrobus haydovchisi keskin tormoz bosishga majbur bo‘ldi. Oqibatda avtobus yo‘lovchilaridan biri yiqilib, shifoxonaga olib ketildi.
Qamchiq dovonida DAF yuk avtomashinasi yoqilg‘isining oqib ketishi sababli ortidagi CIMC transport vositasi toyib xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatlari yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan holda bartaraf etilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.
USAID`ning 2019−2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” yakuniga yetdi. 29,5 mln dollarlik loyiha doirasida to‘rtta fandan darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Darsliklar 4 yil davomida Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tajribadan o‘tkazildi.
Sharofiddin Musayev har ko‘chatga yiliga atigi 17 litr suv sarflab, Kitobning qovjiragan adirlarida yong‘oqzorlar bunyod etadi. Qachonlardir bu joylar ko‘m-ko‘k o‘rmon edi, ammo aholi daraxtlarni o‘tin qilib yuborgan. Shunga qaramay, namliksiz ham daraxtlarni qaytarish mumkin. Sabina Bakayeva reportaji — shu haqda.
FVVga qarashli Toshkentdagi harbiy qismda samarqandlik askar vafot etdi. Marhumning pnevmoniya sababli olamdan o‘tgani aytilmoqda. Ammo yaqinlari bundan shubhalanib, unda jarohat izlari borligini aytmoqda. Harbiy prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Yangi Toshkent” bosh rejasini ishlab chiqish uchun jahon arxitektura byurolari — Singapurning Meinhardt, Britaniyaning Foster + Partners va Gollandiyaning OMA kompaniyalari jalb qilindi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Donetsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari aniqlangani haqidagi ma’lumoti tasdiqlansa, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 1752 marta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Toshkent hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxt irrigatsiya-drenaj tizimi obyektlarini elektron xaritaga tushirdi. Mutaxassislar bu tizim nimalardan iborat ekani, nega Toshkentni muntazam suv bosayotgani va muammoni hal qilish yo‘llari haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Deputat Alisher Qodirovning kambag‘allikda odamlarning o‘zini ayblagan posti muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning hamkasbi Doniyor G‘aniyev buni “aporofobik diskriminatsiya” deya baholadi. “Gazeta.uz” ikki deputatning tarmoqlardagi bahsini bir sahifaga jamladi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat IIBBga ko‘ra, 39 yashar erkak ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turadi. U davolanish uchun yotqizilgan.
Kollej va texnikumlarning qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘qishga topshirgan xotin-qizlarga to‘liq grant joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatda 3 yoshgacha bolasi bor o‘quvchilarga masofaviy ta’limga ruxsat berish ham nazarda tutilmoqda.
Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 10 ta mavze hamda Sholichilik institutining qishloq xo‘jaligi yerlari Yangi Toshkent shahriga ajratiladi. Yerlarning toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya undirilmaydi.
Surxondaryo viloyatida Hukumat qarori bilan 2018-yil tugatilgan YPX postlari qayta tiklandi. Viloyat YHXB matbuot xizmati rahbari ta’kidlashicha, postlar vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting