Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan daryolarda oqib ketgan 4 nafar fuqaroni qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

24-iyul kuni Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2 nafar — 12 va 14 yoshli o‘g‘il bola oqib ketgan. Shuningdek, 17-iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumani Katta Andijon kanalida 30 yoshli fuqaro, 23-iyul kuni esa Pop tumani Sirdaryo daryosida 50 yoshli fuqaro cho‘kib ketgan.

Hozirda viloyat boshqarma qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan suv osti va tuman yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqrama fuqarolardan cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalardan farzandlarini ehtiyot qilishlarini va cho‘milish ta’qiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermasliklarini so‘radi.