Daraxtlar suvni qaytaradi
O‘zbekiston fermerlari va olimlari iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi qanday kurashyapti?
Sharofiddin Musayev har bir ko‘chat uchun yiliga atigi 17 litr suv sarflab, Kitobning quyoshdan qovjiragan tepaliklarida yong‘oqzorlar bunyod etadi. Qachonlardir bu joylar ko‘m-ko‘k o‘rmon edi, ammo daraxtlarni aholi o‘tinga ishlatib yuborgan. Shunga qaramay, daraxtlarni namliksiz ham qaytarish mumkin. Buni qanday uddalash mumkinligi — Sabina Bakayeva reportajida.
Sharofiddin Musayev har bir ko‘chat uchun yiliga atigi 17 litr suv sarflab, Kitobning quyoshdan qovjiragan tepaliklarida yong‘oqzorlar bunyod etadi. Qachonlardir bu joylar ko‘m-ko‘k o‘rmon edi, ammo daraxtlarni aholi o‘tinga ishlatib yuborgan. Shunga qaramay, daraxtlarni namliksiz ham qaytarish mumkin. Buni qanday uddalash mumkinligi — Sabina Bakayeva reportajida.
“50 yildan so‘ng sizlar suv uchun bir-biringizni o‘ldirishni boshlaysiz”
— o‘zining qadrdon Janubiy yarimsharida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi bir tanishim Markaziy Osiyodagi suv inqirozi haqida shunday deydi.

Biz, Toshkent aholisi, viloyatlar va qo‘shni mamlakatlarning poytaxtlaridan farqli ravishda, qandaydir mo‘’jiza sabab ichimlik suvi yetishmovchiligini hozircha his qilmayapmiz. Shu boisdan hovlilarimizni ichimlik suvi bilan salqinlatyapmiz, mashinalarimizni shu suv bilan yuvyapmiz, uni krandan shunchaki behuda oqizib qo‘yishdan ham toymaymiz hatto.

Lekin qachongacha?
“50 yildan so‘ng sizlar suv uchun bir-biringizni o‘ldirishni boshlaysiz”
— o‘zining qadrdon Janubiy yarimsharida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi bir tanishim Markaziy Osiyodagi suv inqirozi haqida shunday deydi.

Biz, Toshkent aholisi, viloyatlar va qo‘shni mamlakatlarning poytaxtlaridan farqli ravishda, qandaydir mo‘’jiza sabab ichimlik suvi yetishmovchiligini hozircha his qilmayapmiz. Shu boisdan hovlilarimizni ichimlik suvi bilan salqinlatyapmiz, mashinalarimizni shu suv bilan yuvyapmiz, uni krandan shunchaki behuda oqizib qo‘yishdan ham toymaymiz hatto.

Lekin qachongacha?
PISTANING VATANI
Qashqadaryo viloyatiga Kitob dovoni orqali ketyapman. Hozir mayning o‘rtalari. Tekisliklarning qaynoq shamollari va somonrang manzaralaridan so‘ng bu yerda havo mayin, atrof ko‘m-ko‘k. Shabada mashina oynasiga shovqin bilan uriladi. Quloq bitadi. Dengiz sathidan 1500 metr balandlikdamiz. Bu yerdan 700 metrcha pastroqdagi tepaliklar allaqachon qovjirab ketgan. Soyadan tashqarida havo harorati 40 daraja issiq. Bu hali mayning o‘rtasi.
“Bu yerlar ilgari to‘liq bodomzor edi, — deydi Global ekologik fond Kichik grantlar dasturi (GEF KGD)ning O‘zbekistondagi milliy muvofiqlashtiruvchisi Aleksey Volkov. — Muqobil yoqilg‘i yo‘qligi bois mahalla aholi daraxtlarni kesib tashlagan: avvaliga “erkak”larini — chunki ular hosil bermay qo‘ygandi, keyin “ayol”larini — ular “erkak”lari yo‘qligi bois meva bermay qo‘yganidan so‘ng”.
Ammo daraxtlarni qaytarish mumkin va kerak. Ular 80 foiz hududi cho‘llardan iborat mamlakatimiz uchun suv va havodek muhim. Ammo ularni shunchaki o‘tqazish bilan kifoyalanmaslik kerak, balki katta, ulg‘aygan holga qadar yetkazish lozim. Qurg‘oqchil hududda buni uddalash qiyin. Lekin imkoni bor. Buning uchun bu yerdagi iqlim sharoitlariga moslashgan, bu yerda yashab keta oladigan daraxt turlarini — terak yo archa emas, balki bu joylarda avvaldan o‘sgan narsalarni ekish kerak.
Sharofiddin Musayev Kitob tumanining qovjiragan tepaliklarida chinakamiga o‘zimizniki bo‘lgan daraxt turlarini yetishtiradi. Fermer ixtiyoridagi 70 gektar lalmi adirda sug‘orishni talab qilmaydigan daraxtlarnigina ekish mumkin, chunki bu yerda suv yo‘q. Avvallari u 70 gektarning bariga zaif, g‘allasi yog‘siz va hosildorligi past bo‘lgan lalmi bug‘doy ekardi — bu o‘simlik yerning kuchini so‘rib olgani bilan, fermerga pul keltirmasdi.
2020-yili GEF KGD jamoasi fermerga suvsiz ham o‘sa oladigan va “bir dunyo pul” keltirishi mumkin bo‘lgan daraxtlarni — pista va bodom ekishni tavsiya qildi. Bir “lekini” bor — bu turga ham dastlabki davrda suv zarur.

Ekspertlar buning uchun suv qutilari yoki, zamonaviy til bila aytganda, voterbokslardan — o‘rtasida ko‘chat poyasini o‘tkazish uchun va chetlarida sug‘orish uchun teshigi bo‘lgan plastik “tog‘ora”lardan foydalanish taklif qildi. Bunda “tog‘ora” chetidagi teshikdan chiqqan sintetik ip namlikni asta-sekinlik bilan daraxt ildiziga tomizib turadi.
Voterboksga 17 litr suv sig‘adi, xolos. Suv bug‘lanib ketmasligi uchun u ikkita qopqoq bilan yopiladi: birinchisiga bug‘lanayotgan suvning kondensati yig‘ilib, uni yana idish ichiga qaytaradi, qovurg‘ali ikkinchisi esa shudringni to‘plab, idishga tushiradi. Bug‘lanishning oldini olish uchun “tog‘ora”ni tuproqqa botirib qo‘yish kerak.

Bunday suv qutilarining butun sir-asrori — ularni tayyorlashda ishlatiladigan plastikda. Uning tarkibida og‘ir metallar yo‘q, 20 yilgacha xizmat qilishi mumkin — taqqoslash uchun, o‘zimizning plastikdan tayyorlangani bir yozdayoq qurib, yorilib ketadi. Shu bois bunday “tog‘ora”ning bir donasi 12 dollar turadi — agar minglab sotib oladigan bo‘lsa, qimmatlik qiladi, albatta. Ammo yuqori daromad keltiruvchi bog‘lar bunyod etilgach, xarajatlar qoplanib ketadi. Bundan tashqari, bozorda turli ishlab chiqaruvchilarning turli narxlardagi turli voterbokslarini topish mumkin. “Tog‘ora”larni haqiqiy dala sharoitida sinovdan o‘tkazish uchun Sharofiddin Musayevga Kichik grantlar dasturi yordamga keldi.
реклама
реклама
KMD Global ekologik fond ish olib boradigan sohalar — iqlim o‘zgarishi, yerdan barqaror foydalanish, suv resurslari, yashil shaharlar — doirasida tabiatga naf keltirishi mumkin bo‘lgan loyihalarni moliyalashtiradi.

“Menga „Yashil makon“ dasturi boshlanganida, bir tashkilot cho‘lga 30 ming tup terak ekkani haqida aytib berishgandi — bu pulni behuda sovurishdan boshqa narsa emas. Bizning falsafamiz shundan iboratki, loyihalar bizdan keyin ham yashab qolishi lozim”, — deydi Aleksey loyihalarga qo‘yiladigan ikkinchi talab — barqarorlik haqida gapirarkan.
Yana bir talab — innovatsion yondashuv. “Biz temir quvurlarni plastiklariga almashtirish yoki shunchaki bog‘ solish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirmaymiz, — deydi u. — Biz qandaydir sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda hozircha ishlamayotgan, lekin ma’lum bir texnologik turtki berilsa, ishlab ketishi mumkin bo‘lgan loyihalarni tatbiq etishga yordam beradi”.

Innovatsion yondashuv talabi loyihani keng tatbiq etish imkoniyati mavjudligi bilan ham chambarchas bog‘liq. GEF butun mamlakatga yoyish mumkin bo‘lgan, loyihadan tashqaridagi boshqa odamlar ham foydalana olishi mumkin bo‘lgan tabiat uchun foydali, barqaror va innovatsion tashabbuslarini moliyalashtirishga intiladi.

Bir loyihani mamlakat miqyosida keng ommalashtirish pista bilan bog‘liq misolda muvaffaqiyatli chiqdi. 15 yil avval “pistachilik bilan shug‘ullanish”ning foydasini fermerlarga tushuntirish uchun GEF KGD hatto iqtisodchilarni ham jalb qilgan edi.

“Dastlabki 7−8 yil davomida fermer hech narsa olmaydi, chunki pista 7−10 yildan keyin meva bera boshlaydi. Ammo 20 yil ichida lalmi yerda pista yetishtirish xuddi shu joyda chorva boqish va g‘alla yetishtirish yoki istalgan boshqa ishdan ko‘ra 20−50 barabar foydali bo‘lib chiqadi. Yer uchun o‘simlik qoplomi chorva va bug‘doydan ko‘ra yaxshiroq, chunki pista yetishtirish yer degradatsiyasining oldini oladi, yerni hayotga qaytaradi, — deydi Aleksey Volkov. — Birorta ham pista daraxti o‘smaydigan Gollandiya xandon pistaning reeksportidan bizdan ko‘ra ko‘proq daromad topadi. Biz bu daraxt ortidan milliardlab pul topishimiz mumkin, chunki biz pistaning vatanimiz”.
GEF KGD loyihalari 15 yil ichida o‘nlab pista seminarlarini o‘tkazdi, fermerlarga mazkur daraxtni ekish va parvarishlashni o‘rgatdi. Endi har yili ushbu o‘simlik 6−10 ming gektar maydonga ekilmoqda. O‘zbekistonning yana 3 mln gektar yerlari qachon biz ham maydabarg pista daraxtining shox-shabbalari soyasida qolarkinmiz, deb kutmoqda.
DARAXTLAR SUVNI QAYTARADI
Sharofiddin Musayev GEF KGDdan suv qutilari uchun grant olgan, ammo pista o‘rniga 400 tupdan yong‘oq, olcha va bodom ekishga qaror qilgan.

“Biz uni olcha ekish fikridan qaytarishga harakat qildik, yashab ketolmaydi, deb darhol aytdik. Lekin u o‘z bilganidan qolmadi”, — deydi Aleksey Volkov. Olcha ko‘chatlari nobud bo‘ldi.

Yong‘oqni esa fermer hokimlikning “qat’iy tavsiyasi” asosida ekkandi.

“Yarmi ildiz olib ketdi, lekin shulariga ham havas qilib bo‘lmaydi, chunki yong‘oq suvsevar daraxt. U tabiiy namlik yetarli bo‘lgan joyda o‘sadi. Qurg‘oqchil, quyoshli joylarga mo‘ljallangan daraxt emas u”, — deydi Volkov.
Sharofiddin Musayev — o‘g‘li va GEF KGD jamoasi bilan.
Qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha pistadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi bodomning esa 75 foizi omon qoldi. Kelayotgan noyabrda fermer voterbokslardan foydalangan holda 1600 ta tup bodom va pista ekmoqchi.

«
“Bahorda ekilsa, suv qutilarini yilda ikki marta to‘ldirish kerak bo‘ladi — bir ko‘chatga 34 litr suv ketadi, — deya tushuntiradi Sharofiddin Musayev. — Lekin biz, agar kuzda eksak, ko‘chat qishda tuproqdan suv ichishi, „tog‘ora“ esa yog‘ingarchilik hisobidan to‘lib turishini bilib oldik. Shunda yozda bir suvga to‘ldiramiz — tamom”.
“Bahorda ekilsa, suv qutilarini yilda ikki marta to‘ldirish kerak bo‘ladi — bir ko‘chatga 34 litr suv ketadi, — deya tushuntiradi Sharofiddin Musayev. — Lekin biz, agar kuzda eksak, ko‘chat qishda tuproqdan suv ichishi, „tog‘ora“ esa yog‘ingarchilik hisobidan to‘lib turishini bilib oldik. Shunda yozda bir suvga to‘ldiramiz — tamom”.

»
Daraxtlarning ildizi mustahkamlanib olishi uchun voterbokslarning ularning ostida ikki tursa kifoya. Shundan keyin o‘simlik tuproqdan suv icha boshlaydi va boshqa hech qachon sun’iy sug‘orishga ehtiyoj sezmaydi.
реклама
реклама
Sharofiddin Musayevning so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiyaga qo‘shni xo‘jaliklarning dehqonlari ham qiziqib qolgan. Ular o‘z yerlarida suv qutilaridan foydalanmoqchi. Fermerlar kengashi ulardan qanday foydalanishni o‘rgatuvchi seminarlar ham o‘tkazgan. Loyiha ko‘lamini kengaytirish samarasi ishlay boshlagan.

Voterbokslar ulardan takror va takror foydalanish mumkinligi e’tibori bilan foydali, deydi Aleksey Volkov. Qutilardan foydalanib bu yil 2000 ta daraxt eksang, ikki yildan so‘ng bemalol yana shuncha ko‘chat o‘tqaza olasan.

«
“Shu yo‘sinda mahalliy aholiga yaxshi pul keltiradigan boshqa hech narsa o‘smaydigan barcha tepalik va adirliklarga ekib chiqsa bo‘ladi. Odamlar daraxtlar suv bor joyda o‘sadi, deb o‘ylaydi. Aslida qayerda daraxt bo‘lsa, o‘sha yerda suv bo‘ladi. Daraxtlar xuddi nasosdek suvni o‘ziga tortadi: ildizlari bilan yer ostiga chuqur ketib, suvni yuqoriga haydaydi. Daraxtlar suvni qaytaradi”.
“Shu yo‘sinda mahalliy aholiga yaxshi pul keltiradigan boshqa hech narsa o‘smaydigan barcha tepalik va adirliklarga ekib chiqsa bo‘ladi. Odamlar daraxtlar suv bor joyda o‘sadi, deb o‘ylaydi. Aslida qayerda daraxt bo‘lsa, o‘sha yerda suv bo‘ladi. Daraxtlar xuddi nasosdek suvni o‘ziga tortadi: ildizlari bilan yer ostiga chuqur ketib, suvni yuqoriga haydaydi. Daraxtlar suvni qaytaradi”.

»
Buning, albatta, muhim bir sharti bor: suvni asrab avaylash kerak. Suvdan tartibsiz foydalanish tiriklik manbasining taqchilligi va noteng taqsimotiga sabab bo‘lmoqda. Biz hali ham suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanmayotganimiz, daryo o‘zanlarini ayovsiz o‘zlashtirayotganimiz, yerlarni eng isrofli yo‘l bila sug‘orishda davom etayotganimiz oqibatida yer sathida suv tugamoqda va biz uni yer ostidan olib chiqishga majbur bo‘lyapmiz. Ammo bu ne’matni ham qanchalik asray bilyapmiz?

Aleksey Volkovning aytishicha, hozir hukumat yerosti suvlari bor hamma joylarda quduq qazishga ruxsat bergan. Suvning dahshatli yetishmovchiligiga qaramay, bunday manbaga ega chiqqan har qanday fermer o‘z dalasiga imkon qadar ko‘proq suyuqlik berishga harakat qiladi.

Sharofiddin Musayevning ham qudug‘i bor. 120 metrlik chuqurlikka quvur qoqilgan. Bahorgi jazirama oftob ta’sirida mashinada qolgan butilkadagi suv qizib ketgan, ichib bo‘lmaydi. Fermer biz uchun jo‘mrakni burib, suvni ochdi va biz Ona Yer qachon bizga suv berishini ancha kutdik.
“Gazlangan suv qilishga kerakli uskuna uchun grant beringlar, — deydi dehqon. Shlangdan tiqilib-tiqilib kelayotgan suvning ovozi eshitiladi. — Mineral suv qilardik”.

Uning iltimosida uning o‘zi xohlaganidan ham ko‘proq narsa eshitiladi: agar hozir fermer suvni behuda sarflamasa, bu suv ortidan pul ishlash imkoni paydo bo‘lsa, u buni qo‘ldan chiqarmaydi. Uning o‘rnida istalgan boshqa odam ham shunday qilgan bo‘lardi, chunki suv bizga hali ham o‘z narxini aytgani yo‘q, biz esa buni so‘rashga qo‘rqamiz.

Aleksey bir fermer quduq va yerosti suvlariga ishonib ko‘p ish boshlagani, uni suv yanada chuqurroq “ketib qolishi” mumkinligidan ogohlantirib, suvni isrof qilmaslikka rosa chaqirishganini esladi. Fermer bu gaplarga ishonmagan, suv esa haqiqatan ham “ketib qolgan”.

“Agar yerosti suvlari chuqurroq ketsa, yer ustidagi butun ekotizim o‘zgarib ketadi. Qo‘shimchasiga, suv tuproqni ushlab turadi, shu bois suvni chiqarish vaqtida tuproq ichida bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Yerosti suvlari darajasining pasayishi tuproqni, uning tarkibini o‘zgartiradi. Oqibatda yer sathida cho‘llanish boshlanadi. Hozir bu joylar lalmi, lekin to‘liq o‘simlik bilan qoplangan, yer tirik. Suv ketib qolsa, tuproqdan boshqa hech narsa qolmaydi. Yerosti suvlarining tiklanishi uchun uzoq vaqt ketadi, chunki ular million yillar davomida shakllanadi”, — deydi Aleksey Volkov.
Qulog‘im ostida Janubiy yarimshardagi tanishimning so‘zlari jaranglaydi.
Qulog‘im ostida Janubiy yarimshardagi tanishimning so‘zlari jaranglaydi.
ABADIY DARAXT
Mayda yetilgan pista yumshoq va pushti. Mevasining eti qalin, nordonroq, “qarindoshi” hisoblangan mangodek ifor taratadi. Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi tayanch punktida bunday daraxtlar bog‘i naq 30 gektar. Shuning uchdan biri alohida e’tiborga molik daraxtlardir — ular O‘zbekistondagi aksariyat pista plantatsiyalarining “ota” va “ona”lari. Bunday “ona” plantatsiyani tashkil etishga zarurat 2011-yili, GEF KGD shu yo‘nalishdagi dastlabki loyihalardan birini muvaffaqiyatli yakunlagach paydo bo‘lgandi.

O‘sha loyiha samarasida jizzaxlik fermer Bastamqul Saidqulov qishloqdoshlari bilan birga 40 gektar maydonga pista daraxtlarini ekkandi, vaholanki u dastlab GEF KGDga o‘z yeriga suv chiqarib, bog‘ barpo etish uchun quvur sotib olishda yordam ko‘rsatishni iltimos qilib kelgandi. Ammo Aleksey Volkov 15 yil avval aniq bilardi: suv tugaydi, bo‘lganda ham juda tez tugaydi. O‘shanda Bastamqul Saidqulovga sug‘orishni talab qilmaydigan va yaxshi daromad keltirishi mumkin bo‘lgan pista daraxtini ekish tavsiya qilingandi.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida aholi va mahalliy ma’muriyatda ushbu o‘simlikka nisbatan qiziqish borligi ma’lum bo‘lgach, o‘rmon xo‘jaligi olimlari tayanch punkti hududida navdor pistaning “ona” plantatsiyasini tashkil etishni moliyalashtirish uchun GEF KGDga ariza berdi. Dastur ushbu arizani qanoatlantirdi va 12 yil ichida G‘allaorol pistasining “avlodlari” butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.
Ushbu o‘rmon xo‘jaligi avvalboshdan navdor pistani yetishtirish joyi edi. Pistaning Markaziy Osiyodagi eng katta kolleksiyasi ham aynan shu yerda. Ushbu kolleksiya hayotining 50 yildan ortig‘ini “yashil oltin”ga bag‘ishlagan Pista xonim — Galina Chernova boshliq olimlar guruhi tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan. O‘rmon xo‘jaligi institutining pistachilik jamoasi bu daraxt haqidagi bilimlarni tarqatish uchun ko‘p harakat qilgan. Ammo 2008-yilgacha bu urinishlar besamar ketgan, chunki pistaning birinchi hosilini olish uchun ko‘p — 7−10 yil kutish kerak.
Pista xonim. Foto: sgp.uz
“Bu — faqat xarajat qilish davri, bunday holat esa pistachilikni juda tavakkal ishga aylantiradi, ammo shuni ham e’tiborga olish kerakki, pista — abadiy yashaydigan daraxt. U fermerlar uchun pensiya jamg‘armasi va yaxshi meros, chunki u ming yil davomida hosil beraveradi, bizning pista esa — jahonda eng yaxshisi, shunday ekan, biz buning ortidan Turkiya, Eron va Gollandiyadan ham ko‘proq daromad olishimiz mumkin”, — deydi Aleksey Volkov.

Abadiy daraxtni o‘tqazish fermerlarga manfaatli bo‘lishi uchun G‘allaoroldagi “ona” plantatsiya mualliflaridan biri Yevgeniy Botman bodomning “ona” plantatsiyasini ham tashkil etishni taklif qildi. Pistadan farqli o‘laroq, bodom uch yilda hosilga kiradi, lekin uning hosil berish davri atigi 20 yil. Shu bois o‘rmonchilar suvsizlikka chidamli va ayni vaqtda daromad keltiruvchi bu daraxtlarni birga ekishni tavsiya qiladi.

“Bodom pul keltirishni to‘xtatishi bilan pista daromadga kiradi”, — deydi Yevgeniy Botman.
Yevgeniy Botman GEF KGD jamoasi bilan birga.
Biroq hozir fermerlar o‘z bodomzorlarini yaratish uchun ushbu o‘simlikning mazali navlarini hech qayerdan topa olmayapti. Sovet davrida Shreder nomidagi mevachilik va uzumchilik ilmiy-tekshirish instituti olimlari bir necha navlarni yaratgandi, ammo 1990-yillarda bu ishlar to‘xtab qolgan. Hozir Shreder institutining bodomzorlarida daraxtlar “qarib”, quriyapti. Qolgan namunalardan ko‘paytirish uchun qalamcha olish oson ish emas.

Shu bois Yevgeniy Botman o‘rmonchilar jamoasi bilan birga GEF KGDdan yana bir grant so‘radi. Ajratilgan mablag‘ evaziga olimlar guruhi butun O‘zbekistonni aylanib chiqib, odamlar o‘z uyida o‘stirayotgan bodom navlaridan 50 tasini yig‘ib keldi. To‘plangan namunalar asosida G‘allaorol stansiyasida kolleksiyaviy plantatsiya tashkil etildi. Namunalar orasida kech gullaydigan navlar ham bo‘lib, bu hosilning kech kuzdagi sovuqlarda nobud bo‘lishdan asraydi.
Olimlar har bir navdan 20 tadan daraxt ekib chiqdi. Yosh ko‘chatlar uchun tomchilab sug‘orish tizimi tortildi. Tez orada mazkur o‘rmon xo‘jaligiga bodom qalamchasi, urug‘i va uni yetishtirish bo‘yicha maslahat so‘rab butun O‘zbekistondan va boshqa davlatlardan fermer va tadbirkorlar keladi. Pista bilan ham shunday bo‘lgandi, deb eslaydi Yevgeniy Botman. Pistazor yo bodomzor barpo etishni niyat qilgan dehqonlar uchun grant mablag‘lari hisobidan mashg‘ulot markazi, olimlar uchun esa turar joy qurilgan.
реклама
реклама
Tez orada jamoa huv bir zamonlar pista uchun qilinganidek, bodom qancha pul keltirishi va “yashil oltin” hosilga kirishi kutiladigan 7−10 yillik davrdagi xarajatlarni qanchalik tez qoplab bera olishini hisoblab berishlari uchun iqtisodchilarni yollaydi.

«
“Chunki inson, agar bu unga pul keltirmasa, tabiatni muhofaza qilishdan manfaatdor emas”, — deydi Aleksey Volkov.
“Chunki inson, agar bu unga pul keltirmasa, tabiatni muhofaza qilishdan manfaatdor emas”, — deydi Aleksey Volkov.

»
Shu bois GEF KGD nafaqat tabiatga naf keltiradigan, balki odamni boy qiladigan ham loyihalarga grant ajratadi. Abadiy daraxt va bodomning iqtisodiyoti shu qadar yaxshiki, o‘rmonchilar va GEF KGD jamoasining ishonch bildirishicha, u fermerlarni O‘zbekistonning barcha qurg‘oqchilik tepalik va adirliklarini shunday daraxtlar bilan qoplab chiqishga rag‘batlantira oladi. Toki, biz Ona Yerning oxirgi tomchi suvini ichib bitirgunimizga qadar bu daraxtlar suvni yerga qaytarishga ulgursin.
Matn va suratlar muallifi — Sabina Bakayeva / “Gazeta.uz”.
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting