Jamiyat

Prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosi berishni so‘radi
11 sentabr 2023, 12:39

Prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosi berishni so‘radi

Kompromatuzb ishi doirasida sudlanayotgan jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosini berish va 3 yil davomida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlash so‘raldi.

Hafta davomida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi
11 sentabr 2023, 11:34

Hafta davomida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi

11−15-sentabr kunlari O‘zbekistonda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +29…+32 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dekabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi o‘tkaziladi
11 sentabr 2023, 11:26

Dekabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi o‘tkaziladi

Toshkentda dekabr oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish hamda akademiyaning yangi haqiqiy a’zolarini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida
11 sentabr 2023, 10:56

Biz yo‘qotayotgan bog‘. Mutaxassislar — Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari haqida

O‘zbekiston poytaxti “bog‘-shahar” g‘oyasi ustiga qurilgan. Ammo qurilishlar, daraxtlarni kesish, ularni noto‘g‘ri parvarishlash va aholi salomatligi ko‘kalamzorlashtirishning o‘z yechimini kutayotgan tizimli muammolaridan dalolat bermoqda, deydi mutaxassislar. Aks holda, biz o‘zimiz yashayotgan bog‘ni yo‘qotamiz.

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
11 sentabr 2023, 10:24

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim qismlarida 11−12-sentabr kunlari gaz ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Ro‘yxat.

Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi
11 sentabr 2023, 09:41

Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi

Tonggi soat 8 da Toshkent IQAir`ning dunyoning yirik shaharlari bo‘yicha havo ifloslanish darajasi reytingida 4-o‘rinni egalladi. Poytaxt havosi ta’sirchan odamlar guruhi uchun bir muddat zararli bo‘lib qoldi.

Farg‘ona vodiysida 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11 sentabr 2023, 08:26

Farg‘ona vodiysida 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Dushanba tongida vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi. Epitsentr Farg‘ona tumaniga to‘g‘ri keldi — 4 ball. Yer silkinishi Andijon va Namangan viloyatlarida 2−3 ballni tashkil etdi.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Safarali Qurbonov tavsiya qiladi
10 sentabr 2023, 23:02

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Safarali Qurbonov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Bizning mazhabda ayollar qora kiysin, yuzini berkitsin, degan narsa yo‘q — Nuriddin domla Xoliqnazarov
10 sentabr 2023, 14:58

Bizning mazhabda ayollar qora kiysin, yuzini berkitsin, degan narsa yo‘q — Nuriddin domla Xoliqnazarov

O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov Islom dinida, xususan, kiyinishda haddidan oshish holatlarini tanqid qildi. “Bizning mazhabimiz ayollar ma’lum bir kiyimni kiyishiga buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q”, — dedi muftiy.

Toshkentning 8 ta tumanining ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi
10 sentabr 2023, 11:29

Toshkentning 8 ta tumanining ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahrining 8 ta tumanining ayrim hududlarida 11−15-sentabr kunlari issiq suv bo‘lmaydi.

O‘zDJTU va GDPIga yangi rektorlar tayinlandi
10 sentabr 2023, 09:58

O‘zDJTU va GDPIga yangi rektorlar tayinlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat pedagogika insitutiga yangi rektorlar tayinlandi. Shuningdek, Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi.

Toshkentda qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi
9 sentabr 2023, 16:24

Toshkentda qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 29 yoshli ayol Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Go‘daklarning ahvoli yaxshi, ular nazorat ostida, deyiladi xabarda.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi
9 sentabr 2023, 14:23

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi

11−15-sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filiali faoliyati to‘liq to‘xtatiladi. Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lgan. Bu vaqt oralig‘ida 8 ta tumandagi bir qancha hududlarda issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.

Morgenshtern O‘zbekistonda suratga olingan klipni taqdim etdi
9 sentabr 2023, 10:42

Morgenshtern O‘zbekistonda suratga olingan klipni taqdim etdi

Rossiyalik reper Morgenshtern “Chyorniy russkiy” qo‘shig‘i uchun olingan klipni taqdim etdi. Suratga olish ishlari sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasi va Toshkent viloyatidagi “Fizika-Quyosh” institutida bo‘lib o‘tgan.

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar
9 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar

Kiyevcha yoki g‘ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar, pomidor va pishloqli hamda baliqli kotlet, ismaloq solib pishirilgan tovuqli yoki kartoshka kotleti — Zira.uz turli mahsulotlar solib pishiriladigan kotletlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
8 sentabr 2023, 22:00

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Xorazmda zaharlab o‘ldirilgan 13 ta it, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ushlangan Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasi sobiq boshlig‘i, Toshkentda elektrobus “avariyasi” sabab jarohatlangan 6 kishi, FAOning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashabbusiga qo‘shiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda
8 sentabr 2023, 19:00

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda

Lenovo kompaniyasi O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ehtiyot qismlar omborlari tarmog‘i ochilganini e’lon qildi.

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi
8 sentabr 2023, 15:48

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi
8 sentabr 2023, 15:06

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi
8 sentabr 2023, 14:20

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yerning noqonuniy ijaraga berilganini aniqladi. Ushbu hududda ijarachilar 8015 metr kvadrat maydonda butalar va o‘simlik dunyosini nobud qilib, dam olish maskani qurgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting