Rossiyalik reper Alisher Morgenshtern 8-sentabr kuni “Chyorniy russkiy” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipni taqdim etdi, u YouTube`da 18 soat ichida 2,5 mln marta ko‘rildi.

Iyun oyida xonanda suratga olish ishlari uchun O‘zbekistonga uchib kelgan. Videoni yaratishda titrlarda ko‘rsatib o‘tilgan Bekzod Abduvaliyev boshchiligidagi Abstract Visuals videostudiyasi ishtirok etdi. S’yomka ishlari Romanov Production bilan birgalikda olib borildi, u Yegor Krid, Mot, Danya Miloxin, Olga Buzova kabi qo‘shiqchilar uchun videolarni suratga oladi.

Klip sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasi, “Fizika-Quyosh” instituti hududida va Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida suratga olingan. Morgenshternning aytishicha, suratga olish jarayonida 150 kishi qatnashgan.

morgenshtern, моргенштерн, “Fizika-Quyosh” instituti, Chirchikstroy

morgenshtern, моргенштерн, “Fizika-Quyosh” instituti, Chirchikstroy

Morgenshtern “Fizika-Quyosh” instituti ichidagi “Oq oy” qandilining fonida. Foto: videodan kadr va Uz24.uz.

morgenshtern, моргенштерн, “Fizika-Quyosh” instituti, Chirchikstroy

morgenshtern, моргенштерн, “Fizika-Quyosh” instituti, Chirchikstroy

Sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasi binosi. Foto: Olga Kazakova / Alerte Héritage.

morgenshtern, моргенштерн, “Fizika-Quyosh” instituti, Chirchikstroy

O‘zbekiston tog‘lari, u yerda ham suratga olish ishlari kechgan.