11−15-sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filialining faoliyati to‘liq to‘xtatiladi. Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari sabab bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu sababli, Toshkent shahrining quyidagi manzillarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi:

  • Mirobod tumani: Nukus, Avliyo ota, Mirobod, Katta mirobod, Afrosiyob, Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, Istiqbol, Shahrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshyog‘och, X.Aliyeva, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari hamda Katta Mirobod 1-tor, Mironshoh 7-tor, Nukus 1-berk ko‘chalari.
  • Chilonzor tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 16, 17, 18, 19, 20a, Ye, S, I-24 mavzelari,
  • Muqimiy, Lutfiy, Do‘mbirobod, Arnasoy, Naqqoshlik, Chilonzor, Bog‘iston, Nafosat, Cho‘ponota ko‘chalari.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: A.To‘qay, O‘zbekiston ovozi ko‘chalari
  • Shayxontohur tumani: Oqtepa mavzesi hamda Gulxaniy, Samarqand darvoza, Yesenin, Nurafshon va Uvaysiy ko‘chalari.
  • Yunusobod tumani: Matbuotchilar, Sayilgoh, Sharof Rashidov ko‘chalari.
  • Yakkasaroy tumani: Bobur, X. Umarov, KXAY, Abdulla Qahhor, Nukus, Kichik Beshyog‘och, H. Sulaymon, Glinka, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Yakkasaroy 1 va 2-tor ko‘chalari, Boshliq 1-tor ko‘chasi, Nurmuhammadov, Komil Yashin, Safdosh, Muqimi, Suqrot, Muqimi 1 — tor ko‘cha, Shoxjahon, Akromxo‘jayev, Imom At-Termiziy, O‘rikzor, O‘rikzor 1-tor, Jamshid Shoshiy 1-tor, Belariq, Toshbuloq, Bobir Boboyev, Askiya, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, Jiydazor, Bratislava, Mirobod, Ko‘xinur, Tafakkur, Bog‘saroy, Vohidov, Sarabo‘ston, Yunus Rajabiy, Samarqand ko‘chalari va “Boshliq”, “Qushbegi”, “Rakat” mavzelari.
  • Sergeli tumani: S. Talipov, M. Xadar, Oltin Vodiy ko‘chalari hamda Islom Karimov nomli xalqaro aeroport.
  • Yashnobod tumani: S. Azimov, Elbek, To‘y tepa, Istiqlol, Istiqbol, Shahrisabz, Maxtumquli ko‘chalari.