Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining 6 ta tumanidagi ayrim hududlarda 11−12-sentabr kunlari gaz ta’minotida uzilish bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Hududlar ro‘yxati

Yakkasaroy tumani (11-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha)

Abdulla Qahhor, Damariq, Bobur, X. Sulaymon mahallalaridagi xususiy va ulgurji iste’molchilar.

Sergeli tumani (11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha)

  • Eshonbuloq mahallasining Xonobod, Muqanna ko‘chalari;
  • Sadoqat mahallasining Tabarruk, Tavallo ko‘chalari;
  • Xonobod mahallasining Kichiksoy, Beruniy ko‘chalari;
  • Yuqori Darxon mahallasining Navro‘z, Chorbog‘ ko‘chalari.

Bektemir tumani (11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha)

Nurafshon" mahallasi.

Yangihayot tumani (11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha)

  • Fayzli mahallasidagi Daryo bo‘yi 4-tor, Qipchoq ko‘chalari;
  • Yangi Darxon mahallasi.

Mirobod tumani (12-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha)

Yangi Mirobod va Baynalminal mahallalari.