“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tez tayyor bo‘ladigan ishtahani ochuvchi kotletlar retseptlarini havola etadi.
Kiyevcha kotletlar
Sersuv va mazali kiyevcha kotletlar qiymadan emas, urib yumshatilgan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan oddiysidan ajralib turadi.
Baliqli kotletlar
Bunday baliqli kotletlar shu darajada mayinki, og‘izda erib ketganini ham sezmay qolasiz.
Pomidor va pishloqli kotletlar
Ushbu taom juda mazali va to‘yimli bo‘lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo‘ladi.
Tovuq go‘shtidan qilingan qaymoqli kotletlar
Nihoyatda mayin bo‘lmish tovuq go‘shtidan qilinadigan mana bunday kotletlar hech kimni befarq qoldirmaydi.
G‘ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar
Go‘shtni qiymalagichdan chiqarish, piyoz va sabzavotlarni maydalashga vaqtingiz yo‘q, ammo tansiq kotletlar bilan yaqinlaringizni siylashni istayapsiz. Unda tayyor g‘ijduvoncha qiyma sizni mushkulingizni oson qiladi.
Izmircha kotletlar
Izmircha kotletlar — oddiy masalliqlardan tayyorlanadi. Turkiyaning barcha oshxonalarida ta’tib ko‘rish mumkin bo‘lgan taom.
Ismaloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar
Bunday kotletlarni qaynatilgan guruch yoki kartoshkali pyure bilan birga tortish mumkin.
Kartoshka kotletlar
Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko‘rinishdagi yegulik bo‘lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo‘shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin.
Sersuv bo‘lib pishadigan tovuqli kotletlar
Mazali va juda oson tayyorlanadigan tovuqli kotletlar ko‘ngildagidek chiqishi uchun ba’zi bir qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.