11-sentabr tongida Farg‘ona vodiysida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 06:54 da kuzatilgan yer silkinishining epitsentri Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumaniga to‘g‘ri keldi — 4 ball.

Zilzila koordinatalari: 40,23 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,5. Chuqurlik — 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda.

Zilzila kuchi, shuningdek, Andijon viloyatida 2−3 ballni, Namangan viloyatida 2 ballni tashkil etdi.