Dam olish kunlari ko‘p hududlarda havo issiq bo‘ladi, ayrim joylardagina yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo issiq bo‘ladi. Harorat 37 darajaga isishi mumkin. Ammo Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

2023-yil yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi

Ortda qolgan yoz kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl, avgust esa eng issiq oy bo‘ldi. Olimlar Antarktidada dengiz sathining rekord darajada yuqori harorati va dengiz muzlari darajasining pasayishini kuzatdi. “Sayyora qaynoq mavsumni boshdan kechirdi. Iqlim inqirozi boshlandi”, — deydi BMT rahbari.

O‘zbekistonda samolyotlar importini soddalashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish uchun ishlab chiqarilgan kundan boshlab 25 yildan ortiq vaqt o‘tmagan lizingga olingan havo kemalarini olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston FAOning “1000 ta raqamli qishloq” tashabbusiga qo‘shiladi

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari Toshkentdagi muzokaralarda 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturini muhokama qildi. U qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, uni raqamlashtirish (jumladan, “1000 ta raqamli qishloq” tashabbusida ishtirok etish) va boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yerning noqonuniy ijaraga berilganini aniqladi. Ushbu hududda ijarachilar 8015 metr kvadrat maydonda butalar va o‘simlik dunyosini nobud qilib, dam olish maskani qurgan.

Xorazmda 13 ta it xodimlar tomonidan zaharlab o‘ldirildi

Hazorasp tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimlari aholining egasiz itlar tufayli bolalari maktabga borolmayotgani bo‘yicha qilgan shikoyati sababli 13 ta egasiz va daydi itni zaharli xo‘rak yordamida o‘ldirdi.

Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hibsga olindi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan sud majlisida sudya Muso Yusupovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘iga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qo‘shimcha jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda.

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus 2 yo‘nalishli yo‘lda ketayotganda harakatiga boshqa mashinalar xalaqit bergani ortidan beton ustunga urildi. 5 yo‘lovchi va haydovchi jarohat oldi. Yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan. Elektrobusga texnik shikast yetdi.

So‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik qariyb 25 barobar oshgan — bosh prokuror

O‘zbekistondagi 1,7 mingga yaqin mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilash kerak, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 45 foizdan ortig‘i bevosita mahallalarda sodir etilgan. Co‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik esa qariyb 25 barobar oshgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning murojaatida aytiladi.

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashtirildi

Toshkent shimoliy vokzalida bir bosqichli nazorat punkti joriy etildi — hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish endi bir joyda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda maqom san’ati vakillariga ustama haq to‘lash joriy etiladi

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy bo‘limlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy xodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari joriy etiladi. Shuningdek, ularning xizmatiga qarab ustama to‘lovlar belgilanadi.