Jamiyat

O‘zbekistonda 9 oyda 700 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi
10 oktabr 2023, 11:00

O‘zbekistonda 9 oyda 700 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.

Toshkent viloyatida yigitni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi
10 oktabr 2023, 10:13

Toshkent viloyatida yigitni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi

Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Yashnoboddagi Izzat ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi
10 oktabr 2023, 09:59

Yashnoboddagi Izzat ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Poytaxtdagi Izzat ko‘chasining bir qismi suv quvurlari almashtirilishi sabab 10-oktabrdan 30-oktabrgacha transport harakati uchun yopiladi. Ushbu kunlar davomida ko‘chaning tegishli qismidan harakatlanuvchi avtobuslarning yo‘nalishlari o‘zgartiriladi.

9-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
9 oktabr 2023, 21:58

9-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Hafta oxirida kutilayotgan sovuq harorat, Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha katta shartnoma muhokamasi, poytaxt tumaniga ilk bor ayol hokim tayinlangani, Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotir olayotgan O‘zbekiston, mojaroning asosiy yangiliklari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
9 oktabr 2023, 17:35

“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Muhsin Raxmonov va Shohjahon Safarov “O‘ztransgaz” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari, Jahongir Baybayev esa rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda bir yilda atmosferaga 874 ming tonna sanoat chiqindilari chiqarildi. Qayerdan?
9 oktabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bir yilda atmosferaga 874 ming tonna sanoat chiqindilari chiqarildi. Qayerdan?

2022-yil sanoat korxonalari havoga 874 ming tonna chiqindi chiqardi. Ularning katta qismi neft-gaz, energetika, metallurgiya korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Vazirlar Mahkamasi 2023-yilda 145 korxonada 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlab, tashlanmalarni kamaytirmoqchi.

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi
9 oktabr 2023, 14:41

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori v.v.b. bo‘ldi

Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi
9 oktabr 2023, 12:11

Buxoroda ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

“TashMI”ga $11,5 ming evaziga o‘qishga kiritishga uringanlikda gumonlanganlar ushlandi
9 oktabr 2023, 11:51

“TashMI”ga $11,5 ming evaziga o‘qishga kiritishga uringanlikda gumonlanganlar ushlandi

Fuqarolarni 11,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, 2 ming dollar evaziga esa Samarqanddagi xususiy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.

Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona
9 oktabr 2023, 11:44

Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan O‘zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘raldi.

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi
9 oktabr 2023, 11:08

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi

11-oktabrda O‘zbekistonga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Harorat kechalari +6…+11, shimolda +2…+7, kunduzi +12…+17 darajagacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq bo‘ladi, deydi O‘zgidromet.

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin
9 oktabr 2023, 11:00

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin

Jami to‘rtta 16 qavatli uydan iborat Bobur Residence turar-joy majmuasi shaharning markaziy qismlaridan birida joylashgan bo‘lib, mijozlarga qulay shartlardagi muddatli to‘lovlarni taklif qilmoqda.

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi
9 oktabr 2023, 10:53

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi

Surxondaryodagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi noqonuniy kesib olindi. Yil boshidan buyon ayni shu o‘rmon xo‘jaligida 11,5 ming tup tojik kavragi kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetgan.

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
8 oktabr 2023, 10:27

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi
8 oktabr 2023, 10:21

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi
7 oktabr 2023, 15:56

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
7 oktabr 2023, 14:33

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi
7 oktabr 2023, 14:00

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi
7 oktabr 2023, 13:13

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting