Jamiyat

O‘zbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi
16 yanvar 2024, 09:53

O‘zbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Prezident farmoni Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi
16 yanvar 2024, 09:39

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. U 2017-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

15-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 yanvar 2024, 22:58

15-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

“Salimboy"dan “do‘stlarni yo‘q qilishni” so‘ragan qirg‘izistonlik deputat, chorshanbagacha saqlanib qoladigan yog‘ingarchilik, Tayvandagi saylovlarga munosabat bildirgan Tashqi ishlar vazirligi, 1-martdan ishga tushadigan tadbirkorlar reytingi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori
15 yanvar 2024, 22:02

Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori

Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.

O‘zbekistonda Optimo kompaniyasi ish boshladi
15 yanvar 2024, 19:00

O‘zbekistonda Optimo kompaniyasi ish boshladi

Optimo kompaniyasi tadbirkorlar uchun biznesni samarali boshqarish uchun foydali bo‘lgan do‘kon dasturini taqdim etdi. Dastur, shuningdek, do‘kon savdosini nazorat qilishni osonlashtiradi.

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi
15 yanvar 2024, 17:07

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Seshanba kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Uning Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)
15 yanvar 2024, 16:30

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)

Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi
15 yanvar 2024, 15:11

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
15 yanvar 2024, 12:49

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
15 yanvar 2024, 12:04

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
15 yanvar 2024, 11:30

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
15 yanvar 2024, 10:38

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)
14 yanvar 2024, 22:09

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)

Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
14 yanvar 2024, 17:57

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
14 yanvar 2024, 13:29

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

“Toshkentda yashab bo‘lmay qolyapti”. Odamlar poytaxt havosi haqida nima deydi?
14 yanvar 2024, 12:41

“Toshkentda yashab bo‘lmay qolyapti”. Odamlar poytaxt havosi haqida nima deydi?

Poytaxt havosi sifati haqida so‘nggi kunlarda ko‘p gapirilmoqda. OAVdagi chiqishlardan so‘ng rasmiylar ham bu bo‘yicha bayonotlar bera boshladi. Xo‘sh, hududda yashayotganlar o‘zlari nafas olayotgan havo xususida qanday fikrda? “Gazeta.uz”ning bu galgi so‘rovnomasi shu haqda.

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi
13 yanvar 2024, 16:17

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar
13 yanvar 2024, 16:00

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar

Makkajo‘xorili tovuq sho‘rva, “Xarcho”, frikadelkali turkcha sho‘rva, qaynatma sho‘rva, yasmiqli turkcha krem-sho‘rva va boshqalar — Zira.uz turli xil suyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi
13 yanvar 2024, 15:00

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi

“Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” kitobi moliya sohasi uchun Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Kitobda yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara qanday ekanini Brett King aniq va asosli tasvirlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting