7-oktabr kuni soat 17:05 atrofida Buxoro viloyati Jondor tumanida ikki fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi, deya “Gazeta.uz”ga xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.

Tumanning Bahoriston mahallasida yashovchi fuqarolar — 34 yoshli R.M. hamda 29 yoshli B.Sh. qishloqdoshi S.A.ning uyida ustachilik qilayotgan paytida elektr toki urishi oqibatida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.