O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda vaziyat yomonlashgani sababli ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

“Vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qiladi”, — deyiladi murojaatda.

Konsullik favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilishlarini eslatdi: +972544851397, 03−672−2466.

исроил-фаластин, ўзбекистонликлар
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi. Google xarita.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS guruhi Isroilga qarshi minglab raketalarni uchirdi. Kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ortiq kishi yaralandi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil ham G‘azoga zarbalar berishni boshladi.