Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup noyob turdagi tojik kavragi noqonuniy kesib olingani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Boshqarma bunga o‘rmon xodimlarining o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashishi sabab bo‘lganini qayd etdi.

tojik kavragi, “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi, сурхондарё viloyati

Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Xususan, Surxondaryo viloyati “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida iyul-sentabr oylarida 11 550 tup tabiiy holda o‘suvchi tojik kavragi dorivor o‘simligi noqonuniy kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.