Siyosat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari chegaradagi hodisani muhokama qildi
6 may 2022, 18:57

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari chegaradagi hodisani muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev telefon orqali muloqotda chegaradagi otishmani muhokama qildi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzilgan 3 qirg‘izistonlik noqonuniy tovar olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi
6 may 2022, 15:27

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzilgan 3 qirg‘izistonlik noqonuniy tovar olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi

DXX o‘zbek chegarachilari 3 nafar qirg‘izistonlikka o‘q uzgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berib, ularning chegaradan ko‘p miqdordagi yuklarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan.

Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
6 may 2022, 10:36

Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Mir-Akbar Rahmankulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tez yordam xizmatining uchta «xo‘jayini» bor, yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan — prezident
5 may 2022, 18:28

Tez yordam xizmatining uchta «xo‘jayini» bor, yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning o‘zida viloyatlardan tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 50 mingdan ortiq shikoyat kelib tushganini tanqid qildi. «Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning uchta „xo‘jayini“ bor», — dedi prezident. Eng katta muammo — shoshilinch yordam bemorga yaqin shifoxonada emas, bakli faqatgina biriktirilgan shifoxonada ko‘rsatilishida ekanligi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
5 may 2022, 11:27

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqoti davomida bir-birini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ikki tomonlama hamkorlik va Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi.

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi
4 may 2022, 12:45

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab”ligicha qolmoqda
3 may 2022, 15:50

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab"ligicha qolmoqda

O‘zbekiston «Chegarasiz reportyorlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi. Bunday keskin o‘zgarish reyting metodologiyasining yangilangani bilan bog‘liq. Mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat oldingidek «murakkab» deya baholanmoqda.

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi
1 may 2022, 22:10

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti
1 may 2022, 18:55

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti

O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
29 aprel 2022, 19:33

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan Shoxrux Aminov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida prokuror lavozimida faoliyat yuritgan.

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi
29 aprel 2022, 16:25

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi

9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalidagi asirlarga 15 mln so‘mdan to‘lanadi.

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident
29 aprel 2022, 15:56

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident

Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish uchun 2023 yil oxirigacha 40 ta yangi, jumladan, 5 ta ekspress yo‘nalish ochish, markaziy ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratish, 180 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. 1 iyuldan boshlab shahar jamoat transporti viloyat budjeti hisobidan subsidiyalanadi. Ikki tumanni Samarqand bilan elektropoyezd orqali ulash taklif qilinmoqda. «Yo‘llarni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi
29 aprel 2022, 15:50

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayevaning fikricha, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan korrupsion holatlar islohotlarga soya solmoqda. Shuningdek, u bitta bankda jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi
29 aprel 2022, 10:07

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonda Falastinning qayta tayinlangan elchisi Javad Muhammad Avad o‘z faoliyatini boshladi. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 aprel 2022, 18:30

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Endilikda inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin. Tirik donorni undan a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olish uchun rozilik berishga majburlash taqiqlanadi.O‘zbekiston fuqarosi chet davlat fuqarosi bo‘lgan retsipiyent uchun donor bo‘lolmaydi. «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Zomin va Baxmalda tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi
28 aprel 2022, 17:43

Zomin va Baxmalda tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi

Bosh prokuratura tizimida Zomin va Baxmal tabiatini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

Qirg‘iziston bilan chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin
28 aprel 2022, 10:10

Qirg‘iziston bilan chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod Jeenbek Kulubayev Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yana 3−4 ta nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu masala ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida ko‘tarilgan.

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
27 aprel 2022, 21:36

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi

2012 yildan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. TIV rahbarining vazifalarini bajarish Vladimir Norov zimmasiga yuklatildi.

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
27 aprel 2022, 19:00

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan A’zam Abdullayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. «O‘zkomnazorat»ning avvalgi rahbari ayrim ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan lavozimidan chetlashtirilgan edi.

Prezident texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni buyurdi
27 aprel 2022, 18:29

Prezident texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev texnikumlar bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Bunda agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ulardagi o‘quv dasturlar, metodologiya, darsliklar va amaliyot tizimi butkul qayta ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting