Siyosat

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
30 may 2023, 14:21

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ekologik partiyadan prezident saylovi uchun Abdushukur Xamzayev nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturida bir martalik plastik va polietilen idishlardan voz kechish, elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni, 2030-yildan benzinli avtomobillarni sotish va sotib olishni taqiqlash va boshqalar taklif qilingan.

O‘zbekiston prezidentining “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida qatnashishi kutilmoqda
30 may 2023, 12:57

O‘zbekiston prezidentining “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida qatnashishi kutilmoqda

Qirg‘iziston 2-iyun kuni Cho‘lponotada “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi. Unda Yevropa Kengashi rahbari, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari hamda Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi
30 may 2023, 09:58

Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi

Oliy Majlis Senati 1-iyun kuni chaqiradigan yalpi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi. Parlament quyi palatasi bu qonunni oktabr oyida qabul qilgan. Yig‘ilishda yana bir qator qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Robaxon Mahmudova “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi
29 may 2023, 17:33

Robaxon Mahmudova “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi

“Adolat” SDPdan prezidentlik saylovi uchun Robaxon Mahmudova nomzod sifatida tasdiqlandi. Uning saylovoldi dasturida “Ijtimoiy davlat-2030” dasturini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqalar ko‘zda tutilgan.

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
29 may 2023, 14:46

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ulug‘bek Inoyatov prezidentlik saylovlarida XDPdan nomzod sifatida tasdiqlandi. Partiya qurultoyida nomzodning qimmat mol-mulk uchun soliq joriy etish, sudlov hay’ati institutini tashkil qilish va boshqalarni nazarda tutuvchi dasturi ham tasdiqlandi.

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi
28 may 2023, 21:57

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli, tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Ovozlarni sanash hali yakuniga yetgani yo‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari g‘alaba qozongan.

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi
27 may 2023, 07:33

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi

O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yaqub Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi muntazam reysi bilan ortga qaytdi. U tashrifni samarali deb atadi.

O‘zbekiston YeOII doirasida hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishga chaqirdi
25 may 2023, 22:52

O‘zbekiston YeOII doirasida hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishga chaqirdi

Global xavf-xatarlar va boshqa muammolar kuchayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinchi galdagi vazifalarini hal etish uchun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishni taqozo qilmoqda, — dedi O‘zbekiston prezidenti YeOII onlayn sammitida.

Singapur prezidenti Samarqandga poyezdda bordi
25 may 2023, 10:53

Singapur prezidenti Samarqandga poyezdda bordi

Singapur prezidenti Halima Yoqub Afrisoyob poyezdida Samarqandga yetib bordi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi
24 may 2023, 17:55

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi va 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Sammit yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdi.

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash masalasini muhokama qildi
24 may 2023, 17:37

O‘zbekiston va Singapur prezidentlari davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim markazi doirasida Singapur tajribasi joriy etiladi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Singapur prezidentlari tomonidan shu va boshqa mavzular muhokama qilindi.

MSK xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuzilishini ma’lum qildi
24 may 2023, 15:44

MSK xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuzilishini ma’lum qildi

Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi uchun 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xususan, AQSh, BAA, Germaniya, Qirg‘iziston, Turkiyada — 2 tadan; Qozog‘iston va Xitoyda — 3 tadan; Rossiyada — 7 ta saylov uchastkalari tuziladi. Ular Toshkentdagi 14-okrugga biriktiriladi.

Foto: Singapur prezidentini kutib olish marosimi
24 may 2023, 14:34

Foto: Singapur prezidentini kutib olish marosimi

24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yaqubni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi
23 may 2023, 21:25

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi

Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular Ostonadan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oddiy reysida uchishdi.

O‘zbekistonda YeIning Inter Pares global dasturi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi
23 may 2023, 17:06

O‘zbekistonda YeIning Inter Pares global dasturi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi

Toshkentda Yevropa Ittifoqining parlamentarizmni mustahkamlash bo‘yicha global dasturi — Inter Pares bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. “Anjuman yakunlari bo‘yicha parlament salohiyatini yanada rivojlantirish va rolini kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalar ishlab chiqiladi”, — dedi Tanzila Narbayeva.

O‘zbekiston Tojikiston bilan aviatsiya bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi
23 may 2023, 12:50

O‘zbekiston Tojikiston bilan aviatsiya bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Tojikiston bilan fors-major holatlarda davlat havo hududlarini qisqa muddatli kesib o‘tish, aerodromlardan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi bitimni ratifikatsiya qildi.

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi yetakchisi Andijonda ovoz to‘playotganda kaltaklangan bo‘lishi mumkin
22 may 2023, 21:40

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi yetakchisi Andijonda ovoz to‘playotganda kaltaklangan bo‘lishi mumkin

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov Andijonda kaltaklangan bo‘lishi mumkin. Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ovozlarni yig‘ish jarayonida bir guruh erkak va ayollar paydo bo‘lib, janjal uyushtirishgan. Andijon viloyat IIB voqea o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Singapur prezidenti Halima Yaqub O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
22 may 2023, 19:11

Singapur prezidenti Halima Yaqub O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Singapur prezidenti Halima Yaqub Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan 23−25-may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu Singapur rahbarining mamlakatga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin
19 may 2023, 19:58

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin

Xitoy rahbari Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va energetikani rivojlantirishga chaqirdi hamda hamkorlikning sakkiz yo‘nalishini taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev jami 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani ishga tushirdi
19 may 2023, 18:32

Shavkat Mirziyoyev jami 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani ishga tushirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani — avtomobil va elektromobillar, metall mahsulotlari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va boshqa quvvatlarni ishga tushirdi va yangi korxonalar qurilishiga start berdi. Shuningdek, u Xitoy biznesi vakillari bilan ham uchrashdi


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting